Seshanba, 22 Sentyabr 2020 09:17

Bo‘sh ish o‘rinlari

Samarqand shahrida joylashgan “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti hozirda quyidagi lavozimlarni egallash uchun tajribali ilmiy xodimlarni izlamoqda:

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

ISHNING TAVSIFI

Universitetning o‘quv dasturlarini rejalashtirish, amalga oshirish va muvofiqlashtirishda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor asosiy javobgar hisoblanadi.

Ushbu vazifalarni bajarishda prorektordan dekanlar, kafedra mudirlari, boshqa bo‘lim boshliqlari va fakultet jamoasi bilan yaqindan hamkorlik qilish talab etiladi. O‘quv dasturi va ta’lim bilan bog‘liq boshqaruv funksiyalari dekanlar zimmasiga yuklatilgan. Ta’lim dasturlarini uzoq muddatli rejalashtirish, ta’lim sifatini ta’minlash, strategik reja, ta’limning bosh rejasi va maqsadlari hamda universitetning vazifalarini belgilashda prorektor muhim o‘rin tutadi.

Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va tijoratlashtirish ishlari bo‘yicha prorektor

ISHNING TAVSIFI

Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va tijoratlashtirish ishlari bo‘yicha prorektor tadqiqot, innovatsiya va iqtisodiy rivojlanish sohalarida muhim rahbarlikni ta’minlaydi; ko‘p tarmoqli loyihalarni yangi moliyalashtirish manbalarini izlashda; tadqiqotlarning axloqiy, ma’lumotli va xavfsiz o‘tkazilishini ta’minlashda hamda universitet tadqiqot muhiti uchun yetakchi shaxs sifatida ko‘maklashadi. Grantlar va stipendiyalar, ilmiy tadqiqotlar, doktorantura, doktorlikdan keyingi ishlar, tadqiqotning yaxlitligi va tadqiqot resurslari markazi prorektor nazoratida bo‘ladi.

TALAB ETILADIGAN MALAKALAR

  • PhD yoki DSc ilmiy darajasiga ega bo‘lish, ingliz tilini mukammal bilish;
  • Oliy ta’limda rahbarlik lavozimida besh yillik tajribaga ega bo‘lish;
  • stipendiyalar, ta’lim va ilmiy sohada yutuqlarni qo‘lga kiritish uchun kuchli rahbarlik qilish, hamkorlik muhitini yaratish qobiliyatiga ega bo‘lish;
  • akademik sifat va standartlarga amal qilish;
  • professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlarni qo‘llab-quvvatlash;
  • turli madaniyat va tillarda so‘zlashuvchi hamda har xil qobiliyatga ega insonlar bilan hurmat va nazokat bilan munosabatda bo‘lish;
  • professor-o‘qituvchilar jamoasi a’zolari bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘ish.

Arizalar quyidagicha topshiriladi:

Arizalar ingliz tilidagi batafsil tarjimayi hol, shuningdek, KPI va maqsad to‘g‘risidagi deklaratsiya (o‘zingizning qarashingiz) bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining kadrlar bo‘limiga yuborilishi kerak:

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. yoki Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Murojaat uchun telefon raqami: +998712000088

O'qilgan 7121 marta
Kategoriya Vakant lavozimlar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar