Juma, 26 Noyabr 2021 12:18

O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tanlov asosida ishga taklif qiladi

E’LON!

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tanlov asosida O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor yordamchisi, “Professional ta’lim muassalari bilan ishlash” bo‘limi boshlig‘i va yetakchi mutaxassisi, Maktab rahbari (Head of School), “Akademik rejalashtirish va rivojlantirish” bo‘limi boshlig‘i, “Menejment fanlar maktabi” mudiri, “Xalqaro hamkorlik” bo‘limi boshlig‘i va yetakchi mutaxassisi, “Ilmiy tadqiqotlar” bo‘limi boshlig‘i va yetakchi mutaxassisi hamda “Magistratura” bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimlariga yuqori malakali mutaxassislarni ishga taklif qiladi:

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

- nomzod tomonidan shaxsan ingliz, o‘zbek va rus tillarida tuzilgan  mehnat samaradorligi ko‘rsatkichi – KPI yoki CV;

 - Ingliz,o‘zbek va rus tillarini mukkamal bilishi;

 Ilmiy darajaga ega bo‘lishi; (bo‘lim va maktab boshliqlari uchun)

2017-yil 11-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalarida chet tillarini o‘qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 610-son qarori talablariga muvofiq Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan chet tilini bilish darajasi (B2 va undan yuqori bo‘lgan) to‘g‘risidagi sertifikatga yoki unga tenglashtirilgan ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi hujjat (IELTS–6.5, TOEFL 575, xorijda ta’lim olgan va dars bergan mutaxassislarga til bilish sertifikati);

  • ta’lim sohasida eng kamida 3 yil tajribaga ega bo‘lishi;
  • kompyuter texnikasini yaxshi egallashi;
  • o‘z mutaxassisligi va ingliz tilini mukkammal bilishi;
  • soha bilan bog‘liq hujjatlarni yurita olishi;
  • zarurat tug‘ilganda xizmat safarlariga chiqishi;
  • shaxsiy fazilatlardan: shijoatlilik, faollik, mas’uliyatlilik, qat’iyatlilik, sobitqadamlik talab etiladi.

         O‘z navbatida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti nomzodlarga:

 barqaror oylik maoshi (oylik ustama haqi bilan);

 istiqbolli karerani nazarda tutgan qiziqarli mehnat faoliyatini;

 xorij davlatlariga xizmat safarlarini taklif qiladi.  

Ish  tartibi: dushanbadan jumaga qadar (09:00 dan 18:00 gacha).

Tanlov mudati: 2021 yil 15 dekabr kuniga qadar

Nomzodlar Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. va Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.  elektron manziliga quyidagi ma’lumotlarni yuborishi kerak :

O‘zbek yoki (rus), ingliz tilidagi KPI va CV

 “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

+998 66 240-67-73

Saytdagi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar