Payshanba, 12 Avgust 2021 11:29

E’LON!

Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, Birlashgan Qirollikning nufuzli oliy ta’lim muassasalari magistratura yo‘nalishida tahsil olish imkoniyatini beruvchi “Chevening” stipendiyalar dasturiga tanlov boshlangan.
“Chevening” stipendiyalar dasturi Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan moliyashtiriladi. Bunda o‘qish uchun to‘lov, oylik stipendiya, aviachipta xarajatlari, Britaniyaga kelib-ketish, viza xarajatlari hamda Britaniyada tashkil etiladigan Chevening tadbirlari uchun xarajatlarni qoplash ko‘zda tutilgan.
Mazkur dastur Britaniyaning barcha oliy ta’lim muassasalarida, shular qatorida Kembridj, Oksford, London iqtisodiyot maktabida ham turli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha magistraturada tahsil olish imkonini beradi.
Stipendiya tanlovida ishtirok etish uchun http://www.chevening.org/apply veb-sayti orqali ariza topshirish zarur.
Onlayn ariza topshirish muddati: 2021-yil 3-avgustdan 2-noyabrga qadar.
Stipendiyada qatnashish uchun nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
- o‘qish tugaganidan so‘ng kamida 2 yildan keyin O‘zbekistonga qaytish;
- bakalavr diplomi mavjudligi;
- 2 yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lishi;
- Britaniya oliy ta’lim muassasalarining 3 ta magistrlik dasturiga ariza topshirish va 2022-yil 14-iyulgacha kamida bitta dasturga to‘liq qabul qilinish.
Batafsil ma’lumotlar quyidagi havolalarda:
https://www.chevening.org/scholarships/guidance/
https://www.chevening.org/FAQs
Shuningdek, qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkentdagi Britaniya elchixonasining ijtimoiy tarmoqlardagi messenjerlari orqali ham bilib olish mumkin:
http://www.facebook.com/ukinuzbekistan
https://www.instagram.com/ukinuzbekistan/
http://www.twitter.com/ukinuzbekistan

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar