Chorshanba, 30 Sentyabr 2020 18:30

1 oktabr - "O’qituvchilar va murabbiylar kuni"

Hurmatli "Ipak yo'li" turizm xalqaro universiteti professor-o'qituvchilari va murabbiylari, universitetimizning fidoyi va mehribon jamoasi sizlarni universitet rahbariyati "O’qituvchilar va murabbiylar kuni" bayrami bilan muborakbod etadi.

Ko’chada-kuz fasli. Kuz o‘zining oltinga burkangan jilosi bilan ko'zni quvontirmoqda. Oktyabr oyining dastlabki kunlari aziz O'qituvchilar bayrami yurtimizda keng nishonlanmoqda. Har birimiz bizgа bilim bergan, ruhimizni ma'naviy qadriyatlar bilan to'ldirgan, qalbining iliqligi bilan mеhr-muhabbat ulashgan o'qituvchilarni minnatdorchilik bilan eslaymiz.

Aziz o'qituvchilar, dunyodagi jamiki eng go‘zal va tarovatli gullar poyingizga poyandoz bo‘lsin! Shodlik-hurramlik, quvonch, baxt doimiy hamrohingiz bo‘lsin! Mashaqqatli, ammo olijanob kasbingizda sizga sog‘lik-salomatlik, kuch-quvvat, sabr-matonat tilab, eng ezgu tilaklarni bildiramiz.

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar