Seshanba, 29 Sentyabr 2020 18:38

E’lon! Hurmatli, talabalar!

“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti “O‘zbek tili va adabiyoti hamda ijtimoiy fanlar” kafedrasi 21- oktabr “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan “O‘zbek tilim, hamisha ehtirom va sadoqatga munosibsan!” nomli videochellenj tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov ishtirokchilaridan ona tilimizni madh etuvchi she’r va qo‘shiqlarni ifodali ijro etgan holda video tasvirga olib tushirishlari hamda @Tulkin_Sultanov yoki @Dilnoza1983 telegram manzili orqali yuborishlari talab etiladi. Videoroliklar hajmi 30 megabaytdan oshmasligi kerak. Yuborilgan videoroliklar “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetining ijtimoiy tarmoqlardagi manzillariga joylashtirib boriladi.

Tanlov g‘oliblari 2020- yil 20- oktabr soat 11:00 da universitet “aqlli kampus”i faollar zalida o‘tkaziladigan “O‘ZBEK TILIM, HAMISHA EHTIROM VA SADOQATGA MUNOSIBSAN!” nomli tadbirda qimmatbaho sovg‘alar va sertifikatlar bilan taqdirlanadi.

Tanlovda “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetining barcha talabalari ishtirok etishi mumkin.

Video tasvirlarni jo‘natish muddati: 2020- yil 22- sentabrdan to 2020- yil 19- oktabrgacha.

Murojaat uchun telefonlar: (+99897) 397-82-85 yoki (+99893) 340-16-83.

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar