Payshanba, 14 Aprel 2022 12:55

E’LON!

2022-yil 15-16 kunlari Turizm va madaniy meros vazirligi buyurtmasiga asosan  “Hududlarni iqtisodiy rivojlantirishga ko‘maklashish markazi” tomonidan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida talaba-yoshlar tomonidan turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha o‘z “Start-up” loyiha va takliflariga ega bo‘lgan keyinchalik shu sohada mukammal bilim va ko‘nikma bilan ish faoliyatini davom ettirish istagida bo‘lgan barcha yoshlar, talabalar va boshqa qiziquvchilar uchun maxsus seminar-trening darslari o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Seminar-trening darslari bir necha yillik tajribaga ega bo‘lgan malakali kadrlar, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Boshqaruv Akademiyasi, Oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, shuningdek, turizm sohasida uzoq yillik tajribaga ega mutaxassislar tomonidan qiziqarli tarzda olib boriladi.

Seminar treningda ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilarga turizmda faoliyat olib borish uchun DAVLAT LITSENZIYASI va SERTIFIKATI topshiriladi. Bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.

Mazkur seminar-trening darslarida ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalarni 15-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 108-xonada kutamiz.

Seminar-treningda ishtirok etish mutlaqo bepul. Joylar chegaralangan.

Ma’lumot uchun: +998 97 282 20 82

Saytdagi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar