Talaba-yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish, kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali va tizimli tashkil etish maqsadida “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari o‘rtasida “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi o‘tkazildi. Tanlov natijalari quyidagicha: 1-oʻrin “Ibrat” jamoasi…
Eron Milliy muzeyi direktori doktor Jebrail Nokandeh va muzeyning madaniyat masalalari boʻyicha oʻrinbosari doktor Fereydun Biglar Eron arxeologiyasi va tarixiga oid 16 jildlik kitoblarni universitetimizga taqdim etishdi. Ushbu kitoblarning 14 jildi Eron arxeologiyasi va tarixiga oid bo‘lsa, yana bir jildi Eron milliy muzeyidagi Niderlandiya ko'rgazmasiga oid kitob va yana bir…
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining 10 nafar bitiruvchilari Samarqand shahridagi Hilton Garden INN mehmonxonasida o‘z amaliyotlarini yakunlab maxsus sertifikatga ega bo'lishdi. Bitiruvchilarimiz bir oy mobaynida universitetda olgan nazariy bilimlarini amaliyotda o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Quvonarlisi, mehmonxona ma’muriyati bitiruvchi talabalarimizdan 3 nafarini bilan mehnat shartnomasi imzoladi.
Bugun 22-aprel kuni Koreyaning Kvanju shahri, Kvansan-gu tumani mahalliy Kengashi raisi Pak Byun Kyu va ushbu hududda joylashgan Honam universiteti rektori janob Park Sang Cheol boshchiligidagi rasmiy delegatsiya universitetimizga tashrif buyurdi. Dastlab mehmonlarni oliygohimiz Ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektori, prof. D.Nasimov kutib oldi and delegatsiya a’zolari bilan rasmiy uchrashuv tashkil…
Joriy yilning 20-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda qator hamkor tashkilotlar ishtirokida Samarqand shahridagi umumta’lim maktablari bitiruvchilari, abiturientlar uchun “Ta’lim forumi” o‘tkazildi. Tadbirning ochilish marosimida so‘z olganlar bu kabi tadbirlar yoshlarning oliy ta’lim muasassalariga o‘qishga kirishi uchun qulay imkoniyat ekanligi…
Joriy yilning 18-19-aprel kunlari Buxoro davlat universitetida “Xotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish, gender tenglik masalalari va gender madaniyati” mavzusida respublika o‘quv-seminari boʻlib oʻtdi. Mazkur o‘quv-seminarda respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalarining 150 nafardan ortiq xotin-qizlar maslahat kengashi raislari ishtirok etishdi. Ushbu seminarning maqsadi O‘zbekistonda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni yanada kengaytirish xotin-qizlarni tazyiq…
3 dan 284 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar