Yangiliklar: Iyun 2022

Joriy yilning 10-iyun kuni Turkiyaning Bolu Abant Izzet Baysal universiteti rektori prof. Mustafo Alisherli boshchiligidagi delegatsiya “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga rasmiy tashrif buyurdi.

“Ipak yo‘li” universiteti birinchi prorektori prof. J. Eltazarov va Bolu Abant Izzet Baysal universiteti rektori prof. Mustafo Alisharli oʻrtasida uchrashuv tashkilashtirilidi. Rasmiylar oʻquv jarayonini takomillashtirish, ikki universitet professor-oʻqituvchilari va talabalarining akademik harakatchanligini taʼminlash, shuningdek, Bolu Abant Izzet Baysal universitetida “Ipak yoʻli” universiteti oʻqituvchilari malakasini oshirishga qaratilgan oʻzaro hamkorlikning asosiy masalalarini muhokama qilishdi.

O‘zbekiston-Turkiya hamkorligi doirasida ta’lim sohasida erishilgan salmoqli natijalar qayd etildi, ikki mamlakat yoshlarining xalqlar tarixi, madaniyati, tili va an’analariga o‘zaro qiziqishi sezilarli darajada ortgani alohida ta’kidlandi. Rasmiylar ikki tomonlama tashriflarni davom ettirish tarafdoriligini bildirdi.

Ma’lumot uchun: Anqara va Istanbul o‘rtasida joylashgan Bolu Abant Izzet Baysal universiteti 1992-yil 3-iyulda tashkil etilgan. Ushbu universitetning 3 ta kampusi Bolu tumanining markazida (Gerede, Mengen, Mudurnu shaharchalari) joylashgan. Universitetda 17 ta fakultet, 1 ta institut va 19 ta ilmiy markaz mavjud. Universitetda 1125 nafar ma’muriy xodim va 1586 nafar o‘qituvchi 30 mingdan ortiq talabaga sifatli va zamonaviy ta’lim beradi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 9-iyun kuni universitet Xotin-qizlar kengashi raisi M. Abbasova 1-bosqich tyutori M. Qodirova birgalikda ijarada istiqomat qilayotgan talaba-qizlarning yashash sharoitlari bilan tanishish hamda ularning muammolarini oʻrganish maqsadida xonadonlarga tashrif buyurishdi. Ijarada turuvchi qizlarning xonalarining tozaligiga, shinamligiga guvoh boʻlishdi. Talaba-qizlarning yashash sharoiti talabga javob beradi, oʻqib bilim olishi uchun yaxshi sharoitlar yaratilgan. Ijarada yashovchi talaba-qizlarimiz bilan suhbat tashkil qilindi. Suhbat davomida yakuniy imtihonlarga puxta tayyorlanish, boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, ijara sohibasini va oila a’zolarini hurmat qilish, doimo shu xohadon talablariga e’tiborli boʻlish, boshqa xonadon vakillariga xalaqit qilmaslik, oʻquv jarayoniga toʻliq qatnashib imtihonlarni topshirib, uyiga oʻz vaqtida qaytish lozimligi toʻgʻrisida maslahat va koʻrsatmalar berildi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 9-iyun kuni Yaponiyada faoliyat olib boruvchi, ish jarayonlarini raqamlashtirish va avtomatlashtirish bilan shug‘ullanuvchi “FileForce” kompaniyasi ijrochi direktori – janob Aram Sarkisyan “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.

Xorijiy kompaniyalar bilan ishlashda katta tajribaga ega bo‘lgan faxriy mehmon dunyoning ko‘plab mamlakatlarida bo‘lgan bo‘lsa-da, O‘zbekistonga birinchi tashrifi. Tashrifdan koʻzlangan maqsad Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishish, shuningdek, “Ipak yoʻli” universiteti rektori – Aziz Abduhakimovning taklifiga binoan, janob Aram Sarkisyan oliy dargoh bilan yaqindan tanishish boʻldi. E’tiborlisi, janob Aram Sarkisyan va universitet rektori Aziz Abduhakimov Yaponiyaning Xitotsubashi universitetining bitiruvchilaridir.

Universitetda ekskursiya tashkil etilib, mehmonga ilg‘or ta’lim imkoniyatlari, amaliyot laboratoriyalari, kutubxona haqida ma’lumotlar berildi. Ta’kidlash joizki, tashrifdan ko‘zlangan maqsadlardan biri Yaponiya haqidagi ingliz tilida kitoblar to‘plamini taqdim etish ham edi. Janob Aram Sarkisyan ta’kidlaganidek, ushbu kitoblar universitet talabalari va o‘qituvchilariga Yaponiya madaniyati, turizmi va hayoti haqida kerakli ma’lumotlarga boy.

Kategoriya Yangiliklar

Avval xabar berganimizdek, Indoneziyaning Bandung pedagogika universiteti rektorati delegatsiyasi Indoneziya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi – E.P. Sunario Kartadinata va elchixonaning elchi-maslahatchisi – Rofita Jamafar xonim bilan birgalikda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurishdi.

Uchrashuv davomida janob E.P. Sunario Kartadinata “Ipak yo‘li” universiteti kutubxona fondiga ilmiy adabiyotlar va o‘quv qo‘llanmalar to‘plamini hadya qildi. Taqdim etilgan kitoblar Indoneziya tarixi, madaniyati va urf-odatlari, turizmi va hozirgi zamonda yashash tarzi haqida qimmatli ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi.

Universitet kutubxonasi ochilganidan beri doimiy ravishda dunyoning turli burchaklaridan yuborilgan eng soʻnggi va eng nodir nashrlar bilan toʻldirilib boriladi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori Aziz Abduhakimov o‘zining shaxsiy kolleksiyasidan ko‘plab kitoblarni universitet kutubxonasiga sovg‘a qilganini alohida ta’kidlash joiz.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 5-iyun kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 3-kurs talabasi Bektursunov Bahodirdan iborat tashkilotchilar guruhi sa’y-harakati bilan Samarqand shahri tarixidagi ilk yirik TEDx tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir mavzusi: “Ufq ortida” (asl. Beyond The Horizon). Tadbir O‘zbekistonning turli hududlaridan kelgan yoshlarni birlashtirdi. Ma’ruzachilar sifatida talabalar, ijtimoiy faollar va mashhur bloggerlar edi. O‘z navbatida, “Ipak yo‘li” universiteti talabalari Xojalepesov Ulug‘bek, Jafarov Jahongir va Nasrullaeva Shahrizoda o‘z ma’ruzalari bilan chiqishdi. Media makonidagi butun jarayonni yoritgan media-guruhning a’lo darajali ishini alohida ta’kidlash joiz. Media jamoasining bosh koordinatori “Ipak yoʻli” universiteti talabasi – Melikov Amir boʻldi. TEDx media jamoasi ishiga internetda mashhur bo‘lib borayotgan “Ipak yo‘li” universiteti 3-kurs talabasi, bloger Mirzayev Amirbek ham o‘z hissasini qo‘shdi.

“Ipak yoʻli” universitetda tashkillashtirilgan TEDx tadbirini modernizm va talabalikning sintezi sifatida baholayman. Barcha ma’ruzachilar qizgʻin muhokamalarga aylanib ketgan oʻz chiqishlarini hayajon bilan aytishdi. Tadbirning yuqori saviyada tashkil etilganini ta’kidlamaslikning iloji yo‘q, buning uchun tashkilotchilarga alohida rahmat”, – taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi tadbir ishtirokchilaridan biri.

Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, TEDx tadbirlari doimiy bo‘lib qoladi va navbatdagi chiqishlarga tayyorgarlik jarayoni boshlangan.

Hurmatli talabalar, tadbirda ishtirok etishni istasangiz, “Ipak yoʻli” universiteti qoshidagi TEDx tashkiliy qo‘mitasi raisi Bektursunov Bahodirga murojaat qiling.

Kategoriya Yangiliklar
Seshanba, 07 Iyun 2022 10:22

Koʻhna Buxoro shahriga sayohat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5326-son Farmonida  belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda universitet talabalarini O‘zbekistonning boy turizm salohiyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida, universitet talabalari ishtirokida Buxoro shahriga amaliy sayohati tashkil etildi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 2-iyun kuni “The Luxaviation Group” aviakompaniyasi bosh direktori Patrik Xansen, biznesni rivojlantirish va loyihalar bo‘yicha direktori Natalya Sutugina, shuningdek, “Luxaviation Helicopters” aviakompaniyasining biznesni rivojlantirish boʻyicha direktori Abduaziz Nugʻmonovlar boshchiligidagi delegatsiya “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.

Faxriy mehmonlarni universitetning birinchi prorektori J.Eltazarov kutib oldi. Tashrif davomida mehmonlar universitet faoliyati, shuningdek, “Ipak yo‘li” universiteti talabalarining aviatsiya yo‘nalishini o‘rganish istiqbollari bilan yaqindan tanishdilar. Rasmiy uchrashuv yakunida “The Luxaviation Group” kompaniyasi bosh direktori Patrik Xansen “Ipak yo‘li” universiteti kutubxona fondiga “The luxury of private aviation” kitobini sovg‘a qildi.

Kategoriya Yangiliklar

2022-yil 27-30-may kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 3-kurs talabasi Ahmedov Sardorbek Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh shahrida boʻlib oʻtgan “Markaziy Osiyo va Afgʻonistonning transport va logistika aloqalari” mavzuidagi Xalqaro konferensiyada faol ishtirok etdi.

Xalqaro konferensiyadan koʻzlangan asosiy maqsad Oʻrta Osiyo mamlakatlari yoshlari oʻrtasida transport va logistika haqida bilimlarini oshirish, yoshlar oʻrtasida oʻzaro aloqalar oʻrnatish va kelajakda birgalikda muhim loyihalarda ishlash, hozirda mavjud transport muammolarni aniqlash va ularga muqobil yechim berishga qaratilgan. Konferensiya xalqaro mutaxassislar tomonidan olib borildi va yoshlarga oʻz loyihalarini amalga oshirishda imkon yaratib berildi.

Quvonarlisi shuki, faol talabamiz Sardorbek Ahmedov 1000 nafar talabgorlar orasidan xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun tanlab olindi va talabamizning barcha harajatlari tashkilotchilar tomonidan qoblab berildi. Konferensiya yakunida Sardorbek Ahmedov “Eng faol ishtirokchi” deb tan olindi. 

Kategoriya Yangiliklar

Xalq o‘yinlari yoshlarning  jamiyatga qo‘shilishi, o‘ziga baho bera olishida asosiy vosita bo‘lgan. Biroq oxirgi o‘n yillikda bolalar o‘ynagan xalq o‘yinlari gadjetlarga ko‘chdi va ulardagi jismoniy faollik asta-sekin pasayib boryapti. O‘yinlar gadjetlarga ko‘chgani sabab yaqin kelajakda milliy o‘yinlarning tarixga aylanish ehtimoli yo‘q emas. Joriy yilning 2-iyun kuni “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining “Event-219” guruhi talabalari va universitetning faol yosh o’qituvchisi Nazokat Hamidova tashabbusi bilan “Unutilayotgan milliy o‘yinlar” tadbiri tashkil   etildi. Tadbir davomida talabalar «Oq terakmi – ko‘k terak», «Kim oladi-ya shuginani-ya?» kabi milliy oyinlarda talabalar katta zavq bilan  guruhlar kesimida ishtirok etishdi. 

 Milliy o‘yinlarning ko‘p turi 2010-yildan keyin deyarli o‘ynalmay qo‘yilgan va ular kompyuter, telefonlarga ko‘chgan. O‘yinlar – yoshlarning ham aqlan, ham jismonan rivojlanishiga yordam beradi. O‘yin yoshlarni jamiyatga aralashtiradi. Uning jamiyatdagi o‘rnini topishiga sababchi bo‘ladi. Chunki o‘yinda yoshlar o‘yinboshi bo‘ladi, ishtirokchi bo‘ladi, unga jamiyat, dunyo haqida bilim beradi. Eng qizig‘i bu bilimlar yoshlarga majburan emas, ularda zavq uyg‘otib o‘rgatiladi. Tadbirning mohiyati ham shundan iborat.

Gadjetlardagi o‘yinlar tasavvurni, aqlni charxlashi mumkin, lekin kompyuter o‘yinlari, deyarli, harakatsiz o‘yinlardir. U yerda yoshlar faqat kuzatish bilan band bo‘ladi.

 Bugun yaratilayotgan kompyuter o‘yinlari qayerdan yaratilayotgan bo‘lsa, oʻz asosini ham o‘sha xalqning folklori, adabiyoti, san’atidan oladi. Biz faqat iste’molchi bo‘lib qolmasligimiz kerak. Bizning ham oʻz san’atimiz, oʻz  folklorimiz bor.

Kategoriya Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-96-son qaroriga asosan, 2022-yil 1-iyun kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida talabalar o‘rtasida navbatdagi, yubiley o'ninchi “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Eslatib oʻtamiz, “Zakovat” oʻyinlari har hafta oʻtkaziladi, barcha xohlovchi talabalar, oʻz jamoalarini yigʻib, ishtirok etishlari mumkin.

Kategoriya Yangiliklar
3 dan 4 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar