Yangiliklar: Iyun 2022

“Betakror yurtimizga, oliyjanob xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish barchamizning sharafli va muqaddas burchimizdir”

Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli farmoni bilan 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi qabul qilindi. Unga ko‘ra, ma’naviy-ma’rifiy sohada tayyorlanayotgan materiallarni aholiga zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda tezkor va sifatli yetkazishni ta’minlash, targ‘ibot-tashviqot ishlarining sifat va samaradorligini oshirish maqsadida har yili an’anaviy tarzda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati tomonidan “Yangi O‘zbekiston — ma’rifatli jamiyat” shiori ostida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida “Ma’naviyat festivali”ni yuqori saviyada o‘tkazish belgilandi.

Joriy yilning 29-iyun kuni “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Yangi O‘zbekiston — inson qadri ulug‘langan yurt” shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar doirasida “O‘zbekiston Qahramonlari” kitobining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Qahramonlari, ma’naviyat fidoyilari, olimlar, ziyolilarning yosh avlod bilan uchrashishdi hamda ularning ibratli hayot yo‘li, chekkan sharafli mashaqqatlari, yutuqlari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishdi.

Mazkur kitobda hayotning turli sinovlariga qaramay sabot bilan mehnat qilib, xalqimiz farovonligi yo‘lida xizmat qilgan davlat va jamoat arboblari, olimlar, ishchiyu xizmatchilar, ustozlar, dehqonu chorvadorlar, san’at va madaniyat xodimlari, xullas, barcha jabhalarda olib borilayotgan yuksak bunyodkorlik ishlarida doimo kamarbasta bo‘lgan zamondoshimizning umr yo‘llari aks etadi.

Kitob sahifalaridan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov, shuningdek, milliy adabiyotimiz, san’at va jamoat arboblari Said Axmad, Ozod Sharafiddinov, Suyima G‘aniyeva, Zikir Muhamadjanov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Malika Abdullaxo‘jayeva, Xasan Normuradov, Lola Murotova singari O‘zbekistonning yangi tarixida munosib iz qoldirgan bir yuz uch nafar shaxslar o‘rin olgan. Ularning ibratli hayot yo‘li, shonli mehnat faoliyati yorqin mayoq singari avlodlar qalbida mangu sharaf timsoli bo‘lib qoladi!

Kategoriya Yangiliklar

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Universitet 3.0” konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining   4-bandiga asoslanib, “Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan innovatsion ishlanmalarni patentlashtirish hamda sertifikatlash ishlarini yo‘lga qo‘yish” mavzusida Adliya vazirligi Mualliflik va turdosh huquqlar boshqarmasi bosh maslahatchisi Akmal Akramov hamda Adliya vazirligi Sanoat mulkini huquqiy himoya qilish boshqarmasi bosh maslahatchisi Sanjar Tursunov ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Seminar dovomida mualliflik va turdosh huquqlarini himoya qilishda mavjud muammolar va ularning yechimlari, intellektual mulk obyektlarining huquqiy himoyasini ta’minlash haqida ma’lumotlar berib oʻtildi.

Kategoriya Yangiliklar

     O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 433-sonli qaroriga muvofiq “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Davlat test markazi veb-sayti orqali bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul jarayonlarida, istisno tariqasida, xorijiy til (ingliz tili) bo‘yicha yetakchi xalqaro va baholash tizimlarining amaldagi sertifikatlariga, shu jumladan, IELTS bo‘yicha kamida 5,5 ball va undan yuqori, Common European Framework of Reference for languages (CEFR) bo‘yicha kamida B2 va undan yuqori, TOEFL IBT bo‘yicha kamida 72 va undan yuqori ball bilim darajasi ko‘rsatkichi bilan xalqaro sertifikatlarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalarida chet tillarini o’qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g‘risida” 2017-yil 11-avgustdagi 610-son qarori talablariga muvofiq, Davlat test markazi tomonidan taqdim yetilgan ingliz tilini bilish darajasi (B2 va undan yuqori) to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lgan abiturientlarning hujjatlarini rasmiylashtirilishiga ruxsat etilishi belgilangan.

     Turizm va madaniy meros vazirligi tasarrufidagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari ingliz tilida hamda sirtqi ta’lim shaklida rus va o‘zbek tillarida olib boriladi.

     Yuqoridagilardan kelib chiqib, 2022-yil talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalari va shu jumladan mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan nodavlat hamda xorijiy OTMlar filiallaridan universitetning mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun test sinovlari bo‘yicha o‘tish ballari quyidagicha belgilanganligini ma’lum qilamiz.

Shifri

Yo'nalish nomi

O'tish ballari

1

60230700

Amaliy tillar

94

2

61010400

Smart turizm

80

3

61010400

Turizmda media va kommunikatsiya

80

4

60411200

Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha

105

5

61010400

Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)

80

6

61010500

Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (ingliz tillar)

80

Kategoriya Yangiliklar
Chorshanba, 29 Iyun 2022 20:50

TO'LOV-KONTRAKT MIQDORLARI

Kategoriya E'lonlar

Universitetda joriy yilning 27-iyun kuni Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan 2021-2022 oʻquv yili davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bagʻishlangan “Yangi Oʻzbekiston ayollari doimo e’tiborda” mavzusidagi yigʻilish tashkil etildi.

Muhayyo Abbasova tomonidan olib borilgan ushbu tadbirda respublikamizda xotin-qizlarni har tomonlama himoya qilishga qaratilgan tadbirlar, gender tengligi mezonlariga koʻra jadal sur’atlar bilan boʻlayotgan islohotlar haqida, xotin-qizlarning intellektual, ruhiy, jismoniy barkamolligi yoʻlida OTMlarda tahsil olayotgan talaba-qizlar uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani haqida mazmunli fikr-mulohazalar bildirildi. 

Xususan, universitetda bu borada amalaga oshirilgan ishlar va ularning mazmun-mohiyati haqida ma’ruza qilindi. Universitetning ilmiy salohiyatli, oʻquv-pedagogik faoliyatda yuqori tajribaga ega, talabalarning ijodiy-intellektual rivoji uchun salmoqli hissa qoʻshayotgan professor-oʻqituvchilarining mehnati e’tirof etildi, ularga esdalik sovgʻalari va tashakkurnomalar taqdim etildi.

Shuningdek, yuqori natijalarni koʻrsatgan faol talaba-qizlarga alohida urgʻu berildi. Qizlarning ilmli boʻlishi farovon kelajak qurishda, davlatimizning mustahkam poydevorini yaratishda nihoyatda muhimligi ta’kidlandi.

Kategoriya Yangiliklar

“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 3-kurs Mar-119 va Mar-219 guruhlar talabalari ikkinchi semester davomida “Umumkasbiy va ixtisoslik fanlari kafedrasi” oʻqituvchisi Bekzod Oblakulov boshchiligida Samarqanddagi “Sam Glass” korxonasida amaliyot oʻtashdi.

Amaliyot davomida talabalar oʻrgangan nazariy bilimlarini amalda qoʻllashdi va ularga korxona tomonidan har xil vazifalar berildi. Vazifani a’lo darajada bajarganlar korxona tomonidan e’tirof etildi va qiymati 2500 AQSH dollarlik qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Universitet ma’muriyati “Sam Glass” kompaniyasiga oʻz minnatdorchiligini bildiradi va amaliyotchilar uchun qoʻshimcha kvotalar berish uchun aloqalarni kengaytirish niyatida.

Kategoriya Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti kutubxona fondi nodir kitoblar bilan to‘ldirildi.

Ta’kidlash joizki, universitet kutubxonasiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri, “Ipak yo‘li” universiteti rektori Aziz Abduhakimov hamda Turizm va madaniy meros vazirligi vakillarining sa’y-harakatlari bilan har hafta noyob kitoblar yetkazib berilmoqda.

Bu kitoblar tarix, madaniyat va turizm hamda muzeyshunoslik, arxitektura va san’atga bag‘ishlangan bo‘lib, ilmiy izlanish va ta’lim jarayonida o‘qituvchi va talabalarimizga katta foyda keltirishi shubhasiz.

E’tiborlisi, ayni paytda kutubxona fondida 20 mingdan ortiq kitob, shuningdek, 10 mingga yaqin elektron kitoblar mavjud.

Kategoriya Yangiliklar

Respublika miqyosida ichki turizmni jadal rivojlantirish, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalarini mamlakatimizdagi madaniy va turistik obyektlar, shuningdek turizm sektoriga bevosita bogʻliq boʻlgan davlat tashkilotlari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, ularda turizm sohasi mutaxassisi koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida, universitet tomonidan 2022-yilning 17-18-iyun kunlari Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida malakaviy amaliyot tashkil etildi.

Amaliyotning birinchi bosqichida Toshkent shahridagi mehmonxona va restoranlar faoliyatini oʻrganish, tahlil qilish belgilangan boʻlib, talabalar “Grand Mir” mehmonxonasi, “Basri baba” nomi ostidagi turk restoranlari tarmogʻining bosh markazi servis xizmatlari bilan tanishishdi. Amaliyotchilar ushbu obyektlarda mehmonxona va restoranlarning yangicha ish uslubi, ulardagi boʻlimlar faoliyati va har bir xodimning lavozim vazifalari toʻgʻrisidagi turizm mutaxassisligining muhim ma’lumotlariga ega boʻlishdi.

“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari malakaviy amaliyot doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida mas’ul xodimlar tomonidan talabalarga vazirlik ish faoliyati, boʻlimlar va ularning funksional vazifalari, turizm sohasida kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan investitsion loyihalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Amaliyotchi talabalar ikki kunlik safar davomida Toshkent shahridagi me’moriy yodgorlik – Hazrati Imom majmuasi va majmuada saqlanayotgan Usmon Mus’hafi tarixi bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, amaliyotning ikkinchi kunida Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi turistik obyektlar – “Amirsoy” togʻ kurorti, “Chimyon” turistik bazasi, “Bildirsoy” togʻ-changʻi kurorti va Chorvoq suv ombori faoliyatini kuzatishdi, obyektlarda tashkil etilgan servis xizmatlari va mavjud infratuzilmalari bilan “on-site reaserch” – “joyida oʻrganish, tadqiq etish” usulida oʻrganildi.

Kategoriya Yangiliklar
  • Bakalavriat (kunduzgi) 

  • Bakalavriat (sirtqi) 

  • Magistratura (kunduzgi) 

QABUL OFISI
✉️ Email: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
☎️ Tel.: +998 93 348 33 80, +998 90 224 14 42 (24/7)
 Manzil: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17. “Ipak yoʻli” TvMMXU 104-xona

CALL MARKAZ
+ 998 66 240 67 70
+ 998 66 240 67 86
+ 998 66 240 86 06
+ 998 66 240 86 16
⏰ Ishlash vaqti: 9:00 - 18:00 (Dushanba-Juma)

Kategoriya E'lonlar

Joriy yilning 22-iyun kuni, “Yoshlar oyligi” hamda “Yangi O'zbekiston yoshlari, birlashaylik” umumxalq yoshlar harakati doirasida, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti anjumanlar zalida dirijor O‘ktam Tilavov va rejissyor Muhammadrasul Mamadaminzoda boshchiligida Samarqand simfonik orkestri “Yoshlik” konsert dasturini taqdim etdi.

Konsertdan ko‘zlangan maqsad o‘zbek simfonik klassikasini yosh avlod o‘rtasida keng targ‘ib etishdan iborat boʻldi. Konsert universitetning barcha xodimlari, talabalari va mehmonlari uchun ochiq bo‘ldi va kutilganidek, zal to‘liq to‘plandi.

Musiqaviy tadbir universitetni haqiqiy teatrga aylantirdi. Bu yerda mumtoz musiqa yangradi, mashhur operalardan ariyalar ijro etildi. Samarqand simfonik orkestri universitet jamoatchiligi va barcha opera ixlosmandlariga mumtoz ijodkorlar ijodiga yangicha nigoh ochdi.

Samarqand simfonik orkestri tomonidan yirik xorijiy va milliy bastakorlarning asarlaridan o‘rin olgan konsert dasturi tinglovchilarga simfonik musiqaning to‘liq teranligi va rang-barangligidan bahramand bo‘lish imkonini bergani e’tiborga molik.

Kategoriya Yangiliklar
1 dan 4 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar