Yangiliklar: May 2022

O‘zbekiston Respublikasining Hindistondagi elchixonasi tomonidan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti kutubxonasiga noyob kitob va jurnallardan iborat yangi to‘plam sovg‘a qilindi.

Ushbu kitoblar Hindiston tarixi, madaniyati va turizmi hamda adabiyoti va me’morchiligiga bag‘ishlangan bo‘lib, ilmiy izlanish va o‘quv jarayonlarida professor-o‘qituvchi va talabalarimizga, shubhasiz, katta foyda keltiradi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri, “Ipak yo‘li” xalqaro universiteti rektori Aziz Abduhakimov rahbarligida kutubxonaga qisqa vaqt ichida, turizm, san’at, tarix, arxeologiya, etnologiya, geosiyosat, iqtisod, madaniyatshunoslik, dinshunoslik, dizayn, haykaltaroshlik, me’morchilik, madaniy meros kabi sohalar dunyoning barcha burchaklarida nashr etilgan 20 mingga yaqin kitob yetkazib berildi.

Universitet kutubxona fondiga mamlakatimizning xorijdagi diplomatik muassasalari ham o‘zining bebaho hissasini qo‘shmoqda.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 31-may kuni Shahzoda Uilyam okrugi (Virjiniya, AQSH) Turizm departamenti direktori Jon Xezer “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari uchun “Oʻzbekistonda agroturizm istiqbollari” mavzusida mehmon maʼruzasini oʻqidi.

Janob Jon Xezer o‘z nutqida Amerika Qo‘shma Shtatlari Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID)ning O‘zbekistonda agrobiznesni rivojlantirish bo‘yicha loyihasining maqsadlari haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. 2021-yilda USAID O‘zbekistondagi xususiy agroturizm korxonalari o‘rtasida ichki va mintaqaviy turizmni rivojlantirish uchun konseptual ilovalar tanlovini e’lon qilgan edi. Tanlov yaqinda tashkil etilgan USAIDning agrobiznesni rivojlantirish loyihasi bo‘lgan “Agrobiznesni rivojlantirish jamg‘armasi” tomonidan o‘tkazildi.

“Global miqyosda agroturizm qishloq taraqqiyoti uchun samarali vosita ekanligini isbotladi. Kichik qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun qo‘shimcha daromad manbai sifatida agroturizm qishloq infratuzilmasini yaxshilaydi va yangi ish o‘rinlarini yaratadi. Aholining qariyb yarmi qishloqlarda istiqomat qiluvchi agrar davlat bo‘lgan O‘zbekistonda agroturizm sektori katta salohiyatga ega va qishloq taraqqiyotining asosiy harakatlantiruvchilaridan biriga aylanishi mumkin”, — dedi janob Jon Xezer.

Ushbu ma’ruza talabalarga USAIDning agrobiznesni rivojlantirish loyihasi bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.

Kategoriya Yangiliklar

Universitetda “Huquqiy savodxonlik – ma’naviy yetuklik mezoni” mavzusida Samarqand viloyat iqtisodiy ishlari sudyasi Yusupov Nizom Xasanovich ishtirokida davra suxbati tashkil etildi.

Har bir inson o‘z huquq va burchlarini hamda mas’uliyatini puxta bilishi, buni hayotiy ehtiyoj sifatida anglamog‘i lozim. Shu ma’noda, universitet talabalari va xodimlarining dunyoqarashi va tafakkuri mamlakat hayotiga, yangilanishlarga mos ravishda o‘zgarib borishi, huquqiy madaniyati oshib borishi tizimda ijobiy natijalarni berishiga zamin yaratadi.

Kategoriya Yangiliklar
Seshanba, 31 May 2022 15:47

Xotin-qizlar ta’limi istiqbollari

Joriy yilning 31-may sanasida yangi qabul qilingan “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Xotin-qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash dasturi”ni mazmun mohiyati mavzusida Samarqand viloyat iqtisodiy ishlari sudyasi Nurimov Orifjon Toshtemirovichning universitet talabalari bilan ochiq muloqoti tashkil etildi.

Ochiq muloqot davomida talabalarimizga Xotin-qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash sohasidagi yangiliklar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Jumladan, yangi o‘quv yilidan boshlab oliygoh, texnikum va kollejlarda o‘qiyotgan qizlarga ta’lim kontraktlarini to‘lash uchun, ilk marotaba, 7 yil muddatga foizsiz kredit berish joriy qilinishi ta’kidlab o‘tildi.

Kategoriya Yangiliklar
Seshanba, 31 May 2022 15:15

Halollik vaksinasi. U qanday emlanadi?

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro univerisitetida “Halollik vaksinasi. U qanday emlanadi?” mavzusida Samarqand viloyat sudi sudyalari malaka haya’ti a’zosi Asatov Oybek Sunnatullaevich bilan ochiq dars tashkil etildi. Har bir millatning kelajagini xavf ostiga qoldirib, uning ma’naviy ildizlarini yemiradigan illatlardan biri bu shubhasiz korrupsiyadir. U demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi.

Bugungi kunda butun dunyo ahlini tashvishga solib kelayotgan, jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘layotgan, adolatga putur yetkazayotgan illat – korrupsiya bor joyda halollik bo‘lmaydi. Shu sababli universitetda ham doimiy profilaktik uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Kategoriya Yangiliklar

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Universitet 3.0” xalqaro o‘quv, ilmiy-innovatsion tadqiqotlar markazi mutaxassislaridan tashkil topgan moderatorlar guruhi tomonidan “Universitet 3.0” konsepsiyasi bo‘yicha mas’ul xodimlari uchun 24-27-may kunlari onlayn seminar-trening o‘tkazildi.

“Universitet 3.0” konsepsiyasining mazmun-mohiyati va amalga oshirish bosqichlari” mavzusida o‘tkazilgan seminardan ko‘zlangan maqsad “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish faoliyatining uzviy bog‘liqligini nazarda tutuvchi “Universitet 3.0” konsepsiyasini joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirishdan iborat.

Onlayn seminar-trening davomida ilg‘or tajribalar o‘rganilishi bilan birga, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini mustahkamlash bo‘yicha muhim kelishuvlar amalga oshirildi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 30-may kuni Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oreliya Bushez boshchiligidagi delegatsiya “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrifdan koʻzlangan maqsad Samarqandning diqqatga sazovor joylari, uning qadimiy tarixi, shuningdek, ta’lim va turizm sohasida Oʻzbekiston-Fransiya munosabatlarini rivojlantirish doirasida “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faoliyati bilan yaqindan tanishish edi.

Tashrif doirasida Oreliya Bushez xonim O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri, “Ipak yo‘li” universiteti rektori A.Abduhakimov bilan rasmiy suhbat o‘tkazdi. Tomonlar ta’lim sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar. Rektor mustahkam ishchi aloqalarni davom ettirish, shuningdek, ikki davlat oliy o‘quv yurtlari talabalari va professor-o‘qituvchilarining to‘siqsiz harakatlanishi uchun akademik ko‘prik tashkil etish zarurligini ta’kidladi.

Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oreliya Bushez universitet kutubxona fondiga arxitektura, muzeyshunoslik, gastronomik turizmga oid noyob kitoblarni sovg‘a qilgani e’tiborga molik.

“… Bu kitoblar kutubxona javonlarida alohida o‘rin egallaydi va arxitektura, madaniy meros va gastronomik turizm sohasidagi bilim salohiyatini yanada yuqori sifat darajasiga ko‘taradi”, – dedi rektor A.Abduhakimov.

Fransiya va Oʻzbekiston xalqlarining turizm va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishda umumiy ustuvorliklarga ega boʻlgan ikki mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash asosi sifatida taʼlim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga boʻlgan oʻzaro intilishlariga muvofiq, va bu borada “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Fransiya oliy o‘quv yurtlari bilan yaqin hamkorlik qilib kelmoqda.

Kategoriya Yangiliklar

2022-yil 26-may kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Samarqand shahrida joylashgan “Polyglot” o‘quv markazi oʻquvchilari tashrif buyurishdi.

Abituriyentlarga universitetda turizmga qiziquvchi yoshlarning mazkur sohani tubdan o‘rganishi, bilim bazasini to‘ldirishi, xususan, keng qamrovli universitet kutubxonasining cheksiz imkoniyatlaridan foydalanishi uchun barcha shart-sharoit yaratilgani aytib o‘tildi.

Ta’kidlash joizki, maktablar, texnikumlar va o‘quv markazlari oʻquvchilari – universitetdagi o‘quv jarayoni, talabalari hayoti, shuningdek, “Smart Campus” noyob infratuzilmasi bilan yaqindan tanishish uchun “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga doimiy asosda taklif etiladi.

Kategoriya Yangiliklar

Abstract

The article discusses about the context of historical palaces in the historical places in the development of the Uzbekistan. Tourism in the field of culture and heritage is defined as a journey aimed at getting acquainted with art, heritage and activities that truly represent the stories and people of the past and present. It turned out that museums currently play an important role not only in the broader field of art, but also in the field of tourism and leisure. A lot of attention has been paid to this over the past decade. Tourism related to cultural heritage is one the best parts of the tourism industry and is a powerful tool of the creation of Third Renaissance.

Keywords:  Third Renaissance, Cultural heritage, Role of museums.

Read More

Kategoriya Yangiliklar

2022-yil 26-may kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Samarqand tumani 10-son IDUM bitiruv sinflari o‘quvchilari tashrif buyurishdi.

Maktab o‘quvchilari mehmonxona xonalari, bar-restoranlardan iborat noyob o‘quv-ishlab chiqarish majmuasi; ilgʻor texnologiyalar bilan jihozlangan konferens-zali; kafeteriy uslubida qurilgan universitet oshxonasi; universal sport zal, kutubxona va suzish havzasi bilan tanishdilar. Ularga universitetda turizmga qiziquvchi yoshlarning mazkur sohani tubdan o‘rganishi, bilim bazasini to‘ldirishi, xususan, keng qamrovli universitet kutubxonasining cheksiz imkoniyatlaridan foydalanishi uchun barcha shart-sharoit yaratilgani aytib o‘tildi.

Ta’kidlash joizki, maktablar, texnikumlar va o‘quv markazlari oʻquvchilari – universitetdagi o‘quv jarayoni, talabalari hayoti, shuningdek, “Smart Campus” noyob infratuzilmasi bilan yaqindan tanishish uchun “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga doimiy asosda taklif etiladi.

Kategoriya Yangiliklar
1 dan 5 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar