Yangiliklar: Fevral 2022

Bugun, joriy yilning 28-fevral kuni “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetining majlislar zalida “Ekologiya va madaniy meros” mavzusidagi III Xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Bir kun davom etadigan xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad unutilayotgan madaniy meros, atrof-muhitga ta’sir etuvchi muammolarni ko‘rib chiqish, shuningdek, ilmiy bilimlarni ommalashtirish, kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish, yoshlar e’tiborini ilm-fanga, ekologiya va madaniy meros sohasida ijodkorlik va tadqiqot ishlariga jalb etishdan iborat.

   Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Xitoy Xalq Respublikasi, Yevropa davlatlari vakillari onlayn va oflayn tartibda faol ishtirok etib, o‘z navbatida, kelgusidagi tadbirlar, shuningdek, atrof-muhit va madaniy merosni yaxshilash uchun innovatsion texnologiyalar bo’yicha fikr, tajriba almashmoqdalar.

Anjumanda to‘plangan ulkan madaniy meros bugungi davr kishisining uni idrok etish va baholash qobiliyati bilan chambarchas bog‘liqligiga e’tibor qaratildi. Milliy o‘zlikni anglashning mazmun-mohiyati, semantik o‘zagi bo‘lgan tarix va madaniyat yodgorliklari tamaddunning buzg‘unchi unsurlaridan himoyalanmagandir. Boy tarixiy o'tmishi, murakkab buguni bo'lgan butun dunyo uchun bugungi kunda madaniy merosni tushunish muammosi, birinchi navbatda, madaniy jihatdan o'zini anglash muammosini hal qilish hayotiy ahamiyatga ega.

Ishtirokchilarning saralangan ishlari “Ipak yo‘li” universiteti veb-saytida joylashtiriladigan maqolalar to‘plamida chop etiladi, barcha maqolalarga DOI raqami beriladi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 28-fevral kuni Uxta davlat texnika universiteti (UDTU) delegatsiyasi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi. Mehmonlar tashrifining dastlabki daqiqalaridanoq universitetning “Smart Campus” dizayni ko‘lamini yuqori baholadilar. Ular uchun ekskursiya tashkil etilib, unda Buyuk ipak yo‘liga bag‘ishlangan ekspozitsiyalarga alohida e’tibor qaratildi. Mehmonlar Osiyo tarixi, madaniyati va merosiga oid nodir nashrlarni o‘z ichiga olgan ultrazamonaviy kutubxonaga ham alohida e’tibor qaratildi va mehmonlar uni noyob adabiyotlar bilan to‘ldirishga va’da berishdi.

Uchrashuvda USTU va Ipak yoʻli universiteti oʻrtasida taʼlim sohasidagi hamkorlik, turizm sohasida Rossiya-Oʻzbekiston munosabatlarini rivojlantirish, shuningdek, universitetlar oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni yanada rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash masalalarini muhokama qildilar.

Kategoriya Yangiliklar
Juma, 25 Fevral 2022 18:27

E’LON!

O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tanlov asosida ishga taklif qiladi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tanlov asosida Logistics the of tourist route fani, Travel Agency Operations and Management fani, Security system  management in tourism sphere fani, Data science and digital transformation fani, Tourism Law, Digital Fundamentals management theory fanlari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni ishga taklif qiladi:

Nomzodlarga quyiladigan talablar:

- nomzod tomonidan shaxsan ingliz, o‘zbek va rus tillarida tuzilgan  mehnat samaradorligi ko‘rsatkichi – KPI yoki CV;

 - Ingliz, o‘zbek va rus tillarini mukkamal bilishi;

2017-yil 11-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalarida chet tillarini o‘qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 610-son qarori talablariga muvofiq Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan chet tilini bilish darajasi (B2 va undan yuqori bo‘lgan) to‘g‘risidagi sertifikatga yoki unga tenglashtirilgan ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi hujjat (IELTS–6.5, TOEFL 575, xorijda ta’lim olgan va dars bergan mutaxassislarga til bilish sertifikati);

  • ta’lim sohasida eng kamida 3 yil tajribaga ega bo‘lishi;
  • kompyuter texnikasini yaxshi egallashi;
  • o‘z mutaxassisligini mukkammal bilishi;
  • soha bilan bog‘liq hujjatlarni yurita olishi;
  • zarurat tug‘ilganda xizmat safarlariga chiqishi;
  • shaxsiy fazilatlardan: shijoatlilik, faollik, mas’uliyatlilik, qat’iyatlilik, sobitqadamlik talab etiladi.

         O‘z navbatida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti nomzodlarga:

 barqaror oylik maoshi (oylik ustama haqi bilan);

 istiqbolli karerani nazarda tutgan mehnat faoliyatini;

 xorij davlatlariga xizmat safarlarini taklif qiladi.  

Ish  tartibi: dushanbadan jumaga qadar (09:00 dan 18:00 gacha).

Tanlov mudati: 2022 yil 10 mart kuniga qadar

Nomzodlar Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. va Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.  elektron manziliga quyidagi ma’lumotlarni yuborishi kerak :

O‘zbek yoki (rus), ingliz tilidagi KPI va CV

 “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

+998 66 240-67-73

Kategoriya E'lonlar
Juma, 25 Fevral 2022 10:22

Jamiyatda AYOL: muammo va yechimlar

         “ Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy ” shiori ostida joriy yilning  24-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova tomonidan universitetda faoliyat yuritayotgan Tozalik uchun mas‘ul xodimalar (farroshlar) bilan  “Jamiyatda ayol: myammo va yechimlar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir xotin-qizlar kengashi raisi M. Abbasovaning O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonida ilgari surilgan ”Inson qadri uchun”  tamoyili to’g’risida ayniqsa bugungi kunda jamiyatimizda uchrab to‘rayotgan zo‘ravonlik kabi  noxush holat va uni bartaraf etishda barcha birdek birlashishi,  xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining  barcha shakllariga barham berish, imkon qadar bunday holatlarga yo’l qo’ymaslik zarurligi haqidagi ma’ruzasi bilan ochildi.

  Ayollarning mehnatga oid huquqlari bo’yicha universitet Kasaba uyushmasi raisi S. Matlabov so‘zga chiqib, mamlakatimizda huquqiy islohotlar shiddat bilan amalga oshirilayotganligini so‘nggi yillarda normativ-huquqiy hujjatlarga inson va uning manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyatidan ham ko‘rish mumkinligini ta’kidlab o’tdi. Zero, qonunlar jamiyat hayoti va demokratik taraqqiyot negizidir. Qonunlar, avvalo, jamiyat hayotining asosini yaratib, davlat va xalq manfaatlariga xizmat qiladi.

         “Baxtli yashash – o‘ziga sadoqatli bo‘lish”  haqida universitet psixologi D.Turdiyeva so’zga chiqdi. “Hayotda ish va majburiyatlar shunchalik ko‘pki, hatto vaqtning o‘tgani ham bilinmaydi. Bunday notinchlikda hissiy va ma'naviy ahvol haqida osongina unutish mumkin. Lekin baxtli inson bo‘lish uchun doimo o‘sish va o‘zgarish zarurdir. Shuning uchun, siz o‘zingiz va hayotingizga nisbatan yaxshi munosabatda bo‘lish uchun 16 ta oddiy qoidalarga rioya qilishga harakat qiling”. Yig‘ilishda ushbu qoidalar bo’yicha suhbatlashildi.

Universitetning Turizm menejmenti fakulteti boshlig’i R.Toshniyozova “Xotin-qizlar huquqlari davlat himoyasida” mavzusidagi ma’ruzasida xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish masalasiga  davlatimizda alohida e'tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Mamlakatimiz Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to'g'risidagi, Xotin-qizlarning siyosiy huquqlari to'g'risidagi, Bir xil qiymatga ega bo'lgan mehnat uchun erkaklar va xotin-qizlarni rag'batlantirish to'g'risidagi, Onalikni muhofaza qilish to'g'risidagi konvensiyalarga, Pekin platformasi va Harakatlar rejasi kabi xalqaro hujjatlarga qo'shilganligi haqidagi ma’lumotlarni keltirib o’tdi.  Shuningdek, universitetning tozalikka mas’ul xodimalarning mehnatini qadrlash uchun fakultet boshlig’i sifatida barcha ta’lim olayotgan talabalar hamda faoliyat yuritayotgan o’qituvchilarga murojaat qilib, osoyishtalik va obodonchilik, gigiyenik-sanitariyaga barcha birdek mas’ulligini ta’kidladi.

Kategoriya Yangiliklar

Ma'lumki, 2021-yil 18-oktabr kuni, Samarqand shahar kunida Prezident maktabining tantanali ochilishi bo'lib o'tgan edi. Prezident maktablari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil, 20-fevraldagi "Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga muvofiq tashkil etilib, iste'dodlarni “kashf etish” hamda bo'lajak liderlarini tayyorlash tizimini yaratishga qaratilgan.

Joriy yilning 24 fevral kuni Turizm va madaniy meros vazirligi hamda "Ipak yo'li" universiteti vakillari Prezident maktabiga tashrif buyurdilar. Ushbu uchrashuvda talabalarni universitet faoliyati, turizm va kadrlar tayyorlash sohasida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, Samarqand shahrida kelgusida bo'lib o'tadigan xalqaro tadbirlar bilan tanishtirdilar.

"Ipak yo'li" universiteti Birinchi prorektori J.Eltazarov o’quvchi yoshlar bilan muloqot chog’ida  ta’kidlaganidek, maktab o‘quvchilari uchun oliy o‘quv yurti va kelajak kasbini tanlash eng mas’uliyatli qarorlardan biridir. Ayni paytda universitetda bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarida turizm sohasi uchun eng zarur zamonaviy mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda. Prezident maktablarining bitiruvchilari Yurtboshimizning tashabbusi bilan 2018-yilda tashkil etilgan Markaziy Osiyoda turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlaydigan birinchi oliy ta’lim muassasasi -“Ipak yo‘li” Turizm va madaniy meros universiteti talabalari safidan o’rin oladilar deb umid qilamiz.

Yig‘ilishda Turizm va madaniy meros universiteti ilm-fan va ta’lim  boshqarmasi boshlig‘i A.Eshtaev nazariya va amaliyot o‘rtasida integratsion aloqalarni yo‘lga qo‘yish, turizm sohasida innovatsion loyihalarni amalga oshirish, ilm-fan va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish g‘oyat muhim ekanini ta’kidladi, Prezident maktabi o’quvchilariga o’qish va izlanishlarida muvaffaqiyatlar tiladi..

Uchrashuv so‘ngida mehmonlar va o‘quvchilar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi va Prezident maktabi kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilindi. Shuningdek, maktab o’quvchilariga -“Ipak yo‘li” Turizm va madaniy meros universiteti Smart Campusi faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda kutubxonaning kitob fondida to‘plangan noyob kitoblar to‘plamini namoyish etish maqsadida ushbu OTMni ziyorat qilish taklif etildi.

Kategoriya Yangiliklar

XX asrning ikkinchi yarmida dunyo tarixiy va madaniy yodgorliklarni, tabiiy obyektlarni muzeylashtirish, yangi turdagi muzeylarni yaratish va muzeylarga tashrif buyuruvchilar bilan ishlashning yangi shakllarini izlash davri kirdi. Zamonaviy muzey - bu dunyoning o'ziga xos mini-modeli bo'lib, u odamga haqiqiy dunyoda harakat qilishga yordam beradi. XXI asr boshlarida muzeyning shaxsni tarbiyalash va ta’lim berishdagi ahamiyati tobora ortib bormoqda. Muzeyning yuqoridagi jihatlarini o‘rganish bilan muzeyshunoslik shug‘ullanadi. Ma’lumki, muzey ashyolarini o‘rganish jarayonida arxeologiya, paleografiya, etnografiya, numizmatika, sfragistika, adabiyotshunoslik va san’atshunoslik metodlaridan foydalaniladi. Muzey ashyolarini restavratsiya qilish va asrab-avaylashda tabiiy fanlarda qo’llaniladigan usullardan, masalan, rentgenografiya, spektrografiyadan foydalaniladi. Psixologiya va pedagogikaga oid usullardan ekspozitsiya va ko‘rgazmalar yaratishda, madaniy-ma’rifiy tadbirlarning turli shakllarini tashkil etishda, muzey tomoshabinlarini o‘rganishda foydalaniladi.

2021-yilda “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetida “Muzeyshunoslik” nomi bilan yangi yo‘nalish ochildi. Shu munosabat bilan universitet rektori A.Abduhakimov ko‘magida kutubxona fondi har oy muzeyshunoslikka oid turli nashrlar bilan to‘ldirilib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori A.Abduhakimov ta’kidlaganidek: “Muzeyshunoslik – bu rivojlanayotgan ilmiy soha bo’lib,  insonning voqelikka nisbatan o‘ziga xos munosabatini hamda  ushbu munosabat natijasida yuzaga kelgan muzey fenomenini tadqiq etadi, muzey ashyolari orqali ijtimoiy ahamiyatga ega axborotni saqlash va uzatish jarayonlarini, shuningdek, muzey faoliyatini rivojlantirishni hamda uning asosiy yo‘nalishlarini o‘rganadi”.

Kutubxona peshtaxtalarida talabalarimiz muzeyshunoslikka oid sezilarli darajada kengaygan tematik nashrlarni topishlari mumkin bo’lib, ushbu kitoblar, nafaqat, umumiy nazariy muammolarni, ekspozitsiya va fond ishi masalalarini, shuningdek, muzeylarning marketing va reklama siyosatini, muzeylarning turizm biznesi bilan aloqalarini, muzey ishiga eng yangi axborot texnologiyalarini joriy etish kabi mavzularni ham o’z ichiga olgan.

Kategoriya Yangiliklar
Chorshanba, 23 Fevral 2022 10:40

E’LON

Hurmatli talabgorlar! Mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish bo‘yicha imtihonlar sanasi va vaqti ma’lum bo‘ldi:

  • Mustaqil izlanuvchilikka mutaxassislik fanlaridan imtihon 2022- yilning 28-fevral kuni soat 14:30 dan 15:30 gacha suhbat shaklida universitetning 218-xonasida
  • chet tili (ingliz tili) bo‘yicha imtihon suhbat shaklida shu kuni soat 16:00 dan 17:00 gacha universitetning 218-xonasida o‘tkaziladi.

Mustaqil izlanuvchilikka

Imtihonlar

Sanasi va vaqti

Joyi

Mutaxassislik fanlari

28-fevral kuni soat 14:30 dan 15:30 ga qadar (suhbat shaklida)

218-xona

Chet tili (ingliz tili)

28-fevral kuni soat 16:00 dan 17:00 gacha (suhbat shaklida)

218-xona

Kategoriya E'lonlar

Joriy yilning 22-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti anjumanlar zalida 2022-yilda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti Sammitiga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni viloyat hokimining o‘rinbosari Rustam Qobilov olib bordi. Davlatimiz Rahbari O‘zbekistonning ShHTga raisligi bilan bog‘liq barcha tadbirlarni o‘tkazishga puxta tayyorgarlik ko‘rish vazifasini qo‘ygani ma’lum qilindi. Shu munosabat bilan Turizm va madaniy meros vazirligi huzurida oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi mas’ul xodimlari, umumiy ovqatlanish sohasi, mehmonxonalar, shuningdek, turizm sohasi vakillari hamda logistika kompaniyalaridan iborat maxsus shtab tashkil etildi. Rejaga ko‘ra, ular xalqaro sammit ishtirokchilari va mehmonlariga xizmat ko'rsatishda bevosita ishtirok etadilar.

Uchrashuv davomida tomonlar har bir hududda volontyorlar guruhlarini tashkil etish, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni qayta tayyorlash bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar ishlab chiqish masalalarini muhokama qilishdi. Yig‘ilish ishtirokchilari o‘rtasida Samarqand  mamlakatimizning sayyohlik poytaxti va sayyohlik markazi hamda Markaziy Osiyo mintaqasida turistik hab ekanligini isbotlash uchun yana bir imkoniyat yaratadigan ShHT Sammitiga barcha imkoniyatlardan foydalangan holda tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan qizg‘in muhokamalar bo’ldi,  tajriba almashildi.

Kategoriya Yangiliklar
Dushanba, 21 Fevral 2022 18:14

DIQQAT E’LON

“Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” nomli ilmiy-innovatsion ishlanmalar Respublika tanlovi

1. Tanlovga texnika va texnologiya axborot texnologiyalari, tibbiyot, qishloq va suv xo‘jaligi, arxitektura va qurilish sohalari bo‘yicha tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalariga asoslangan innovatsion ishlanmalar (qurilma, asbob-uskunalar va boshqalar) qabul qilinadi.

2. Tanlovga taqdim etilayotgan ishlanmalarga quyidagi talablar qo‘yiladi:

- ilmiy yangiligi (qiyosiy tahlili);

- ishlanmaning dolzarbligi va qo‘llanish sohasi;

- texnik iqtisodiy tavsifi;

- ishlanmaga oid ilmiy ishlar ro‘yxati (mavjud bo‘lsa);

- ishlanmaning namuna nusxasi yoki innovatsion qurilma chizmalari taqdim etiladi;

3. Tanlovda 40 yoshgacha bo‘lgan talabgorlar, (talabalar, magistrantlar, doktorant, tadqiqotchilar hamda professor-o‘qituvchilar) ishtirok etishlari mumkin.

4. Tanlov materiallari o‘zbek va rus tillarida qabul qilinadi

5. Ilmiy-innovatsion ishlanmalar 2022-yilning 30-martgacha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boshqarmasiga (Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.  elektron manzili,: telegram 977463721) elektron shaklda taqdim etiladi.

6. Zarur hollarda ishlanmalarning nusxalari yoki qurilma namuna nusxalari bevosita innovatsion ishlanmalar Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boshqarmasiga topshirilishi mumkin.

Tanlov bo‘yicha qo‘shimcha savollar bo‘lsa Ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.(215-xona)

Kategoriya E'lonlar

Joriy yilning 21-25-fevral kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida yakuniy imtihonlar bo‘lib o‘tadi, unda o‘qituvchilar talabalarning fanlarni o‘zlashtirish sifatini baholashadi.

Talabalarga imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tishlarini tilab qolamiz. Hurmatli talabalar, omad doimo siz tomonda bo'lsin!

Kategoriya Yangiliklar
1 dan 3 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar