Yangiliklar: Sentyabr 2021

Payshanba, 23 Sentyabr 2021 12:18

“Xalqaro avtomobilsiz kun”

22-sentabr xalqaro avtomobilsiz bir kun doirasida “Ipak yo‘li” turizm universiteti jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari - turizm va sport vaziri, universitet rektori Aziz Abduhakimovning ilgari surgan tashabbusini qo‘llab-quvvatlab, bir qator tadbirlarni o'tkazishda faol ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, hukumat qaroriga ko‘ra, 22-sentabr mamlakatimizda “Xalqaro avtomobilsiz kun” deb e’lon qilingan. Bu barcha avtomobilchilarga o‘z transport vositalaridan  hech bo‘lmaganda 24 soat foydalanishni to'xtatish, piyoda yoki velosipedda harakat qilish taklif qilingan kun.

Bu kabi choralar atmosferaga tarqalayotgan zararli gazlar emissiyasini kamaytiradi sayyoradagi ekologik vaziyatni yaxshilashga yordam beradi.

Bugungi kunda avtomobildan butunlay voz kechib bo‘lmaydi, lekin yiliga bir marta bo‘lsa ham avtotransport tufaili kelib chiqadigan muammolarni esga olishingiz lozim. Bu esa avtomobilsiz bir kunni muntazam ravishda o‘tkazishning asosiy g‘oyasidir.

Kategoriya Yangiliklar

Universitetimizning xotin-qizlar kengashi qoshidagi “Qizlarjon” klubining yetakchi a’zosi Sh. Xamraqulovaning faol ishtirokida “Saxovat” uyida muntazam ravishda tashkil  etilayotgan navbatdagi tadbir jarayonida   Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva ushbu muruvvat maskaniga tashrif buyurdilar.  Tanzila Norboyeva  ushbu maskanda istiqomat qilayotgan keksa otaxon va onaxonlar bilan samimiy suhbatlashdi, mavjud shart-sharoitlar bilan tanishdi hamda universitet talaba qizlarimiz bilan bo'lgan suhbat davomida ularning yo'lga qo'ygan mazkur xayrli tashabbuslari uchun  minnatdorchilik bildirdi.

Kategoriya Yangiliklar
Chorshanba, 22 Sentyabr 2021 10:40

E’LON!

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti tomonidan 2021-yil 5-oktabr kuni “Barqaror iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha strategik tashabbuslar va amaliy tavsiyalar: salohiyat va xatarlar” mavzusida videokonferensiya shaklida navbatdagi O‘zbekiston iqtisodchilarining XIII forumi o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.
Batafsil ushbu faylda:

Kategoriya E'lonlar
Chorshanba, 22 Sentyabr 2021 10:36

E’LON!

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va “Ulug‘bek” jamg‘armasi hamkorlikda fanning turli yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqot ishlari bilan faol shug‘ullanayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” ilmiy ishlarning 3 ta to‘plami chop etildi.
Ushbu to‘plamlarni yoshlar orasida ommalashtirish maqsadida talabalar, doktorantlar va yosh tadqiqotchilar uchun insholar tanlovi e’lon qilingan. Tanlov g‘oliblari diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.
Ushbu tanlovga qatnashish uchun insholar 3-oktyabr kuniga qadar +998937253945 raqamidagi telegram profiliga yoki Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. e-mail adressiga yuborilishi zarur.
Tanlovga taqdim etiladigan insholarga qo‘yiladigan talablar haqida ushbu fayldan bilib olishingiz mumkin:

File

Kategoriya E'lonlar
Chorshanba, 22 Sentyabr 2021 09:58

“Universitet talaba nigohida” tanlovi natijasi

“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti hamda Turkiya xalqaro hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) bilan hamkorlikda 2021-yil 10-16-sentabr kuni universitet 3-4-kurs talabalari orasida “Universitet talaba nigohida” tanlovi o‘tkazildi. Tanlov komissiyasiga 58 nafar talaba tomonidan “Nima uchun Turkiyaga borishni istayman?” mavzusida ingliz tilida yozilgan insholar jo‘natildi. Insholar universitetda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijlik professor-o‘qituvchilardan iborat tanlov komissiyasi a’zolari tomonidan adolatli va shaffof tarzda tekshirildi.

Tanlov komissiyasining xulosasiga ko‘ra, quyidagi 15 nafar talaba tanlovda g‘olib deb topildi va ular Turkiyada bepul stajirovka o‘tash imtiyozini qo‘lga kiritishdi:

Familiya va ism

Kurs

Guruh

Ball

1.       

Jurayev Abduazim

3

Plan-219

100

2.       

Sayfiyev Hasanjon

3

Log-119

98

3.       

Zaynidinova Sarvinoz

4

TSM-218

96

4.       

Saidakbarov Saidahror

3

Tour-119

96

5.       

Musinov  Ozodbek

3

Event-219

96

6.       

Ergashev Ramziddin

3

Log-119

95

7.       

Rasulov Muzaffar

3

Plan-119

95

8.       

Mardonova Xumora

3

Guide-219

94

9.       

Asatullayev Faridun

3

Log-19

90

10.   

Tursunboyev Behruz

3

Guide-119

90

11.   

Mamatkulova Sarvinoz

4

TFY-218

89

12.   

Kamoliddinov Alixon

3

Hot-219

89

13.   

Musinov Jamshed

3

Tour-119

89

14.   

Muminov Jasur

3

Hot-219

89

15.   

Saidzoda Shaxloxon

3

Mar-219

88

G‘oliblarga stajirovkaga borish vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi.

Tanlov goliblarini tabriklaymiz!

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 21-sentabr kuni Gollandiyaning taniqli madaniyat va san’at arbobi Burhaneddin Charlak universitet kutubxonasiga mualliflik huquqi bilan himoyalangan kitoblar sovg’a qildi.

Universitet majlislar zalida golland tilida “O‘zbekiston” kitobining taqdimot marosimi bo'lib o'tdi.

“O‘zbekiston - Markaziy Osiyoning eng ajoyib mamlakatlaridan biri. Haqiqatan ham, har bir inson Buyuk Ipak yo'li haqida eshitgan, lekin hamma ham bunday ajoyib shaharlarning mavjudligi haqida bilmaydi. Buyuk Ipak yo'li markazida joylashgan Xalqaro turizm universiteti yuqori malakali kadrlar tayyorlash markazidir”, - deya ta’kidladi Burhandin Charlak.

Ta’kidlash joizki, ushbu kitob yordamida universitet talabalari qadimiy va zamonaviy namunalarni birlashtirib, O‘zbekistondagi rang-barang o‘zbek va boy dehqon bozorlarining barcha go'zalligini o‘zlari uchun kashf etadilar.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 20-sentyabr kuni “Ipak yo'li” xalqaro turizm universitetida Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti laureati, AQSH Milliy fanlar akademiyasi a’zosi, taniqli turk va amerikalik biokimyochi Aziz Sanjarga universitetning faxriy doktori unvoni taqdim etilishining tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Taqdirlash marosimini O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, turizm va sport vaziri, “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti rektori Aziz Abduhakimov ochib berdi va o'zining tabrik so‘zida universitetning faxriy professorlari orasida Aziz Sanjar kabi taniqli shaxsni ko'rish katta sharaf ekanligini ta’kidlab o'tdi. 

“Buyuk Ipak yo‘li markazi - Samarqand shahriga kelish, asosiy maqsadi turizm sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘lgan Xalqaro turizm universitetiga tashrif buyurish men uchun katta sharafdir. Taklifingiz uchun tashakkur”, - deydi Nobel mukofoti laureati Aziz Sanjar.

Aziz Sanjar “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga grant asosida o‘qishga kirgan talabalarga shaxsan o‘zi sertifikatlar topshirdi va o‘qishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

Universitet majlislar zalida “Turk dunyosida bilim va milliy tiklanish” mavzusida mehmonning ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi.  Ma'ruza oxirida 3 -kurs talabasi Isometdinov Islom: “Siz talabalik paytingizda motivatsiyangizni qayerdan olgansiz?”, savoli bilan murojaat qildi.

“Shuni ta’kidlashni istardimki, talabalik yillarining boshida men uchun asosiy motivatsiya bu - buyuk ajdodlarimiz asarlarini o‘rganish, shuningdek, hamkasblarim va oila a'zolarimning kuchli qo'llab -quvvatlashi tufayli bilim olish edi.  Yana shuni ta’kidlab o'tish joizki, xatolarni o‘rganish va tuzatish muvaffaqiyatning asosiy kaliti”, - deya javob berdi Aziz Sanjar.

Tashrif yakunida faxriy mehmon uchun universitet binosi bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi, Aziz Sanjar yaqin kelajakda ilmiy adabiyotlar bilan to'ldirishga va’da bergan universitetning zamonaviy kutubxonasiga alohida e’tibor qaratildi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 17 sentyabr kuni Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) vakillari “Ipak yo'li” turizm xalqaro universitetiga amaliy tashrif bilan tashrif buyurishdi.

“O'zbekiston hududlarida iqtisodiy islohotlarni qo'llab-quvvatlash va barqaror iqtisodiy taraqqiyot” dasturi doirasida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) vakillari universitetning o'quv-amaliy laboratoriyalari bilan tanishdilar. Uchrashuvda ilmiy-texnik va ta'lim yo'nalishlari bo'yicha qo'shma loyihalarni amalga oshirish dasturi batafsil muhokama qilindi.

Universitet talabalari uchun amaliyotni ta'minlash va turizm sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Ta'kidlash joizki, O'zbekiston bilan xalqaro hamkorlik doirasida GIZ iqtisodiyot, sog'liqni saqlash, ta'lim, tabiiy resurslarni muhofaza qilish, shuningdek, ijtimoiy va madaniy integratsiyalarni rivojlantirish sohasidagi islohotlarni qo'llab-quvvatlaydi.

Iqtisodiy rivojlanish doirasida turizmni rivojlantirish sohasi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Bir vaqtning o'zida, GIZ professional ta'lim dasturlari orqali islohotlar jarayonlarini qo'llab-quvvatlaydi, bu esa menejerlarning malakasini oshirishga olib keladi.

Kategoriya Yangiliklar
Chorshanba, 15 Sentyabr 2021 17:01

Hurmatli abituriyentlar!

“Ipak yo'li” turizm xalqaro universiteti bakalavriat yo'nalishlari bo'yicha ikkinchi qabul hujjatlarining kirish imtihonlari joriy yilning 16-17 sentabr kunlari universitet binosida o'tkazilishini e'lon qiladi.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha (taʻlim tili - ingliz tili):

  • Turizmda media va kommunikatsiya;
  • Amaliy tillar;
  • Turizm faoliyati yoʻnalishlari bo’yicha.

Eslatib oʻtamiz, universitetda ta’lim jarayoni ingliz tilida olib borilganligi sababli abituriyentlar IELTS/TOEFL/CEFR sertifikatlaridan birini qabul komissiyasiga taqdim etishlari lozim.

Qoʻshimcha ma'lumotlar uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin:

+998979110121 (Telegram, WhatsApp)

+998662406770

+998662408616

+998662408606

+998662406786

Kategoriya E'lonlar

“Ipak Yo‘li” turizm xalqaro universitetining “Turist” jamoasi “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik tanlovining 2021-yilgi mavsum chorak finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi va Samarqand viloyatida yo‘llanmani qo‘lga kiritgan yagona jamoaga aylandi. Eslatib o‘tamiz “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik tanlovining chorak final o‘yinlari yoshlarimizning sevimli telikanallarindan biri “Zo‘rTv” telekanali orqali efirga uzatiladi. Universitetimizning “Turist” jamoasiga chorak final va barcha bosqichlardagi ishtiroklariga omad tilab qolamiz.

“Quvnoqlar va zukkolar” koʻrik-tanlovi 2021 yilgi mavsum chorakfinal (1/4) bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan jamoalar ro‘yxati

1. Universal – Andijon davlat universiteti

2. Beklar – Andijon mashinasozlik instituti

3. Ogʻalar – Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti

4. Oʻsh terma jamoasi – Qizgʻiziston respublikasi, Oʻsh shahri madaniyat boshqarmasi

5. Akademiya – Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali

6. Pegas shou – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali

7. Turon – Nukus davlat pedagogika instituti

8. Olmos – Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali

9. Kegeyli – Kegeyli tuman Xalq ta’limi bo‘limi

10. Shumanay – Qoraqalpog‘iston respublikasi, Shumanay tumani hokimligi

11. Turist – “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti

12. Shov-shuv – Navoiy davlat pedagogika instituti

13. Aurum 79 – Navoiy kon metallurgiya kombinati

14. Bojalar – Guliston davlat universiteti

15. Jizzaxlik jiyanlar – “Shakhzod vision group” MChJ

16. Med stars – Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali

17. Surxon yoshlari – Termiz davlat universiteti

18. Omadli jentelmenlar – Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

19. Univer – Buxoro davlat universiteti

20. Hollywood – “Isiriq corporation” MChJ

21. Turkiston terma jamoasi – Qozog‘iston KVN ittifoqi

22. Adrenalin – Toshkent tibbiyot akademiyasi

23. Shovvozlar – O‘zbekiston milliy universiteti

24. Yosh Gvardiyachilar – Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy texnika instituti

25. Kulgi postidagi posbonlar “KPP” –  Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari

26. Targʻibot – Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari Instituti

27. Tsulart – Toshkent davlat yuridik universiteti

28. Yangi yulduzlar – Toshkent davlat agrar universiteti

29. A’lo – Toshkent davlat pedagogika universiteti

30. Yosh dizayn – Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institute

Kategoriya Yangiliklar
2 dan 3 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar