Yangiliklar: Iyun 2021

2021-yil 15-iyun kuni “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida Qozog‘iston Respublikasining eng taniqli blogerlari, rejissorlari, aktyorlari va prodyuserlari Azim Saidbayev va Mayirxon Sherniyazov bilan fan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu uchrashuvda blogerlar o‘z muvaffaqiyatlari haqida hikoya qildilar. Shuningdek, talabalar videobloging tashkil etish bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga ochiq javob olishdi.

Ta’kidlash joizki, ushbu uchrashuv videoblogingning jadal rivojlanishi davrida yoshlarni har tomonlama rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

Kategoriya Yangiliklar

“Ipak yo‘li” turizm universiteti hududida “Yoshlar festivali” doirasida ingliz tili bo‘yicha 10-11-sinf o‘quvchilarining umumviloyat olimpiadasi, suzish bo‘yicha musobaqa hamda notiqlik san’ati tanlov boyicha bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, universitet talabalari Samarqand oliy o‘quv yurtlari hududida bo‘lib o‘tgan quyidagi musobaqalarda faol ishtirok etdilar: suzish, stol tennisi, armrestling, shaxmat va futbol. Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar taqdirlandilar.  G‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Kategoriya Yangiliklar

Atse Milenkovskiy “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga amaliy tashrif bilan buyurdi.

Ushbu tashrif davomida Atse Melenkovskiy “Ipak yo‘li” universiteti professor-o‘qituvchilari bilan uchrashdi, talabalar uchun sayyor ma’ruzasini o‘tkazdi, universitetimiz zamonaviy kutubxonasi bilan tanishdi.

Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, O‘zbekiston bilan Makedoniya o‘rtasida akademik almashinuv kabi masalalar muhokama qilindi.

Avval “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti va Skopye shahridagi Turizm va menejment universiteti o‘rtasida “Xalqaro ixtisoslashtirilgan turizm” bakalavriat ta’lim dasturini ochish to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.

Kategoriya Yangiliklar

Samarqandda 11-13-iyun kunlari “Yangi O‘zbekiston yoshlari, keling, birlashaylik!” shiori ostida yoshlar festivali bo‘lib o‘tadi.

Joriy yilning 11-iyun kuni yoshlar festivali boshlandi. “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti talabalari ishtirokidagi bayram yurishi Registon maydonidan boshlanib, Universitet xiyobonidagi Amir Temur haykali poyiga gul qo‘yish bilan yakunlandi. Shuningdek, festival doirasida o‘tkazilayotgan velomarafonda sportga qiziqqan 1000 nafardan ziyod yoshlar ishtirok etishdi. Velomarafon yo‘nalishi Registon maydonidan boshlanib, Shohi Zinda majmuasi bo‘ylab Abu Ali ibn Sino ko'chasiga va Registon kompleksiga o‘tdi.

Ta’kidlash joizki, ertaga “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida festival doirasida ko‘plab tanlovlar, sport musobaqalari va boshqa qiziqarli tadbirlar o‘tkazilishi kutilmoqda.

Kategoriya Yangiliklar

YuNESKO bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasining ko‘magi bilan Universitet kutubxonasi noyob kitoblarning nashrlari bilan to‘ldirildi.

Rossiyaning eng yirik “Ermitaj” madaniy-tarixiy muzeyi o‘quvchilarga madaniy meros sohasida ta’limni yaxshilash uchun sovg‘a sifatida bir qator kitoblarni yubordi. To‘plamda butun dunyo olimlari ishlagan juda ko‘p original, noyob illyustratsiyalar mavjud. Xususan, to‘plamga “Buyuk Ipak yo‘li” davridagi boy adabiyotlar kiritilgan.

Sovg‘a qilingan barcha kitoblarning bosma va elektron shakllari mavjud.

Mashhur Luvr muzeyi (Frantsiya) Osiyo adabiyotlari to‘plamiga madaniyat va san’at, muzeyshunoslik va ko‘rgazma tashkil etish sohasidagi yetakchi kitoblarni qo‘shdi.

Ayni paytda universitetning kutubxona fondida 12 mingdan ortiq bosma kitob mavjud. Butun kutubxona zamonaviy uskunalar, lingafon bilan jihozlangan bo‘lib, talabalar barcha kerakli elektron materiallar bilan ta’minlangan.

Kategoriya Yangiliklar
Dushanba, 07 Iyun 2021 17:37

Dear professors, researchers!

Dear professors, researchers!
We would like to inform you that “The Journal of Silk Road Tourism Studies”, a scientific e-journal of the “Silk Road” International University of Tourism, has started accepting articles. The Journal was registered on January 14, 2021 by the Agency of Information and Mass Communications under the Administration of the President of the Republic of Uzbekistan. The main requirements for scientific articles submitted to our journal are based on world standards and the standards of the PhD research system in Uzbekistan. Submission of articles to the journal and other conditions are described in detail on the journal's website undefined . Those who wish to submit an article to the new issue of the journal can submit the materials, as required by July 1 2021.
The topic of the scientific article submitted by the author should correspond to one of the directions listed in the "Journal Scope" section of the scientific electronic journal. The journal is prepared in English, 4 times a year on the official website of the university through the official domain of the journal.
All materials sent for the publication will be examined by the editorial staff of the journal. Contact person: Dr. Farkhod Abdurakhmonov (+998976143377)

Kategoriya E'lonlar

Joriy yilning 4-may kuni “Bolgariya-O‘zbekiston” do‘stlik jamiyati a’zolari: iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Svishtov shahridagi D.A.Senov nomidagi Iqtisodiy akademiyaning strategik rejalashtirish va davlat boshqaruvi kafedrasi professori Borislav Dimitrov Borissov hamda iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Sofiya shahridagi Xalqaro Oliy biznes maktabi professori Borisova Lalka Gerasimovalarning “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tdi.

Tashrif davomida universitet talabalari uchun sayyor ma’ruzalar o‘qildi. Unda Bolgariya Respublikasining sayyohlik salohiyati namoyish etildi, shuningdek, O‘zbekiston va Bolgariya o‘rtasidagi do‘stona, madaniy va ma’rifiy aloqalarni rivojlantirishning asosiy tendensiyalariga alohida e’tibor berildi.

Seminar davomida talabalarning O‘zbekiston turizm brendini ommalashtirish va ikki davlatning o‘zaro hamkorligi bo‘yicha g‘oyalari va takliflari tinglandi hamda muhokama qilindi.

Tashrif yakunida xorijlik mehmonlar uchun universitetning aqlli kampusi bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi.

Kategoriya Yangiliklar

2-kurs talabasi Amonillayev Abulqosim Respublika onlayn Olimpiadasida qatnashdi va “Turizm” fanidan faxrli 2-o‘rinni egalladi.

Shunisi e’tiborga loyiqki, Abulqosim “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida o‘tkaziladigan barcha tadbirlarda faol qatnashadi, shuningdek, Turizm laboratoriyasining a’zosi hisoblanadi. Xususan, birinchi bosqichda tahsil olish chog‘ida, u katta o‘qituvchi T.K. Akramova rahbarligida “Tourism in Nature”, “Health Tourism”, “Adventure Tourism”, “Eco Tourism are suitable in Octosh” startap-loyihalarida faol qatnashgan.

Shuningdek, joriy yilning mart oyida u universitetimiz talabalari orasida o‘zbek tilida o‘tkazilgan “Eng chiroyli nutq” tanlovida faxrli 3-o‘rinni egalladi.

“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti ma’muriyati Abulqosim Amonillayevni samimiy tabriklab, o‘qishlarida va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

Kategoriya Yangiliklar

2021-yil 1-iyun kuni “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti bazasida O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi mehmonxonalar uyushmasi ko‘magida mehmonxona menejerlari uchun birinchi amaliy seminar tashkil etildi.

Tadbirning maqsadi – turar joy binolarida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, mehmonxonalarda kimyoviy moddalardan to‘g‘ri foydalanish, shuningdek, avtomatlashtirilgan bronlash tizimini joriy etish.
Tadbirda TravelLine xalqaro bronlashtirish tizimi va Amerikaning professional maishiy kimyo brendi Ecolab vakillari ishtirok etishdi.

Ta’kidlash joizki, 2021-yilda turizm sohasi oldida ko‘plab masalalar mavjud: mamlakatga sayyohlik oqimini ko‘paytirish, shu jumladan mavsumdan tashqari davrda, ushbu sohaga xususiy investitsiyalarni jalb qilish, yangi mehmonxonalar, dam olish maskanlari qurish, kadrlar tayyorlash, biznes jarayonlariga zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish. Barcha manfaatdor tomonlarni jalb qilgan holda ushbu muammolarga javoblarni ishlab chiqish sohadagi keng ko‘lamli va sifatli o‘zgarishlar uchun to‘g‘ri vektorni belgilaydi va professional hamjamiyatni birlashtiradi.

Shuningdek, ushbu tadbir doirasida universitet asosida yangi “Universitet 4.0” boshqarmasi taqdim etildi, uning vazifasi bilimlarni yaratish va tijoratlashtirish uchun infratuzilmani tashkil etish, shuningdek, rebrending va to‘g‘ri ishlashga ko‘maklashish, mehmonxonalar va restoranlarni to‘g‘ri olib borishdir.

Ushbu tadbir yetakchi xalqaro mutaxassislarni, shuningdek, butun Samarqand viloyatidan mehmonxonachilarni birlashtirgan mehmondo‘stlik sohasidagi zamonaviy tendentsiyalarni muhokama qilish maydonchasiga aylandi.

Kategoriya Yangiliklar
2 dan 2 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar