Yangiliklar: Mart 2021

Seshanba, 09 Mart 2021 16:22

Rektor Kubogi – 2021

Hurmatli talabalar!
Sizni “Rektor kubogi – 2021” doirasida bo‘lib o‘tadigan sport musobaqalarida ishtirok etishga taklif etamiz! Bu sizning sport mahoratingizni turli yo‘nalishlar bo‘yicha namoyish etish uchun ajoyib imkoniyat:
1 - armrestling;
2 - badminton;
3 - futbol;
4 - shaxmat;
5 - kvest.

Sizni sport musobaqalari va do‘stlik ruhiga to‘la hayajonli hafta kutmoqda!
Musobaqa g‘oliblariga qimmatbaho sovg‘alar va sertifikatlar topshiriladi!

Yakkalik yoki jamoaviy Ishtirokchilar sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun edvayzerlar bilan bog‘laning. Arizalarni qabul qilish muddati 2021-yil 10-mart.

Kategoriya E'lonlar

Hurmatli, talabalar!

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri oʻrinbosari Y.Absoatovning “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Atoqli adiblar va mutafakkirlar ijodiy merosini yoshlar oʻrtasida targʻib qilish hamda Adiblar xiyobonidan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 24-avgustdagi 502-son Qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining 4-bandi ijrosi yuzasidan Adiblar xiyobonida 5ta muhim tashabbusga bagʻishlangan “Adabiyot haftaligi” doirasida “Erkin, yosh avlodlar senga zoʻr qanot!” shiori ostida Respublika talabalar festivalining universitet bosqichini oʻtkazish to‘g‘risida”gi 2021-yil 25-fevraldagi 87-06-270-son xatining ijrosini ta’minlash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti talaba-yoshlari oʻrtasida 2021-yil 18-mart kuni soat 10.00da 230-xonada o‘tkaziladigan festival doirasida bo‘lib o‘tadigan quyidagi tanlovlarda ishtiriok etishga taklif etamiz:

Festivalning universitet bosqichida “Eng yaxshi fotosuratlar” koʻrgazmasi, “Eng yaxshi ixtirochi” tanlovi hamda “Shaxmat” musobaqalarining va har birida faxrli 1, 2, 3-oʻrinni egallagan ishtirokchilar quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi:

Festivalning universitet bosqichida yo‘nalishlar bo‘yicha faxrli 1-o‘rinni egallagan ishtirokchilarga festivalning 2021-yil may oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma beriladi.

Tanlov ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun ma’lumotlaringiz (F.I.SH., guruh, telefon raqam va festivalda ishtirok etmoqchi bo‘lgan yo‘nalishingiz nomi)ni 2021-yil 17-martgacha quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin: +998913379959 (Telegram).

Kategoriya E'lonlar

5-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti faollar zalida yaqinlashib kelayotgan bayram munosabati bilan edvayzerlar va talabalar parlamentining birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan tashkil etilgan bayramona tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir universitet rektori – A.Abduhakimovning:

“Sizlarni kirib kelayotgan 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bilan chin yurakdan muborakbod etamiz. Sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik, baxt va omad tilaymiz. Oilangizga tinchlik va xotirjamlik, ishlaringizda eng katta yutuqlarga erishishingizda tilakdoshmiz!” – kabi samimiy tilaklari bilan boshlandi.

Tadbir dasturi talabalar hamda erkak-xodimlar tomonidan namoyish etilgan turli xil chiqishlarga boy bo‘ldi. Universitet talabalar tomonidan muqaddas ayollarga, nafosatli qizlarga va albatta, mehribon onalarga bag‘ishlangan eng yaxshi sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar, milliy va zamonaviy ruhdagi raqslar va rang-barang liboslar ko‘rgazmasi bilan hayratlanarli daqiqalar va ko‘ngil torlarini hayajonga keltiradigan muhit orqali tamoshabin ko‘ngillariga yo‘l topishdi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan hayotimizni iliqlik, go‘zallik va g‘amxo‘rlik bilan to‘ldiradigan xotin-qizlarimizga qaratilgan minnatdorchilik, tabriklar va tilaklar bir necha bor yangradi. Bugungi tadbirga tashrif buyurgan barcha kishiga quvonch, muhabbat va bahor kayfiyati yor bo‘ldi.

Tadbirda yangragan barcha istaklar har bir xotin-qizlarimizning yuzlarida quvonch, tabassum va minnatdorchilik tuyg‘ularini uyg‘otishga xizmat qildi.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz va muqaddas ayollar!

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 4-mart kuni Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari, elchixonaning muvaqqat ishlar vakili Bris Rokfey boshchiligida “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universitetiga amaliy tashrif buyurdi.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar “Ipak yo‘li” universiteti va Fransiya universitetlari o‘rtasidagi hamkorlik hamda turizm va ta’lim sohasidagi fransuz-o‘zbek aloqalarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, Parij Akademiyasi bilan hamkorlikni davom ettirish mavzusiga alohida to‘xtalib o‘tildi. Avvalroq, 2019-yil 16-iyul kuni “Ipak yo‘li” universiteti va Parij Akademiyasi o‘rtasida ta’lim jarayonini takomillashtirish, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalarining almashinuvini ta’minlash, o‘qituvchilar malakasini oshirish, “Ipak yo‘li” universiteti Axborot-resurs markazining zamonaviy o‘quv qo‘llanmalari va elektron kitoblari bilan kitob fondini boyitish to‘g‘risida konventsiya imzonlangan edi.

Shuningdek, Birinchi prorektor Eltazarov J.D. pandemiya paytida, shu jumladan chet ellik talabalar uchun universitetda malaka oshirishni tashkil etish haqidagi ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi. Koronavirus pandemiyasi barcha mamlakatlarda xalqaro hamkorlik bilan bog‘liq ko‘plab rejalar va loyihalarga tuzatishlar kiritdi va akademik harakatchanlikka ta’sir ko'rsatdi.

O'z navbatida janob Bris Rokfey pandemiya tugagandan so‘ng, barcha loyihalar to‘liq tiklanib, rivojlanishning yangi bosqichiga qadam qo‘yishiga ishonch bildirdi. Shuningdek, u “Ipak yo‘li” universiteti nafaqat O‘zbekistonda, balki Evropada ham turizm sohasidagi ta’lim, ilmiy va madaniy makonning muhim qismi ekanligini ta’kidladi va universitetlar, xususan, Parij akademiyasi bilan hamkorlik tizimini kengaytirishga hissa qo‘shishga tayyorligini bildirdi.

Kategoriya Yangiliklar

2021-yil 3-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti kichik majlislar zalida O‘zbekiston Musulmonlari idorasi fatvo bo‘limi bilan hamkorlikda “Yoshlarni mutaassib g‘oyalarga berilishini oldini olish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirni Yoshlar siyosati bo‘limi boshlig‘i A.Dilmurodov ochib berdi va so‘zni O‘zbekiston Musulmonlar idorasi fatvo bo‘limi bosh mutaxassisi Tursunov Abdulatif domlaga berdi.

Tadbirda talabalarga milliy va diniy qadriyatlarning tarixan mushtarakligi, ularning umuminsoniy qadriyatlar ila uyg‘unligini tushuntirish, ularda diniy bag‘rikenglik madaniyatini, dinga nisbatan to‘g‘ri yondashuvini shakllantirish va jamiyat uchun yuksak ma’naviyatli inson bo‘lib yetishishlarini ta’kidtab o‘tdi hamda universitet xodimlari hamda talaba-yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Kategoriya Yangiliklar

2021-yil (ii-chorak) mustaqil izlanuvchilikka (PhD) o‘qishga kirishga talabgorlar bilan  o‘tkazilgan suhbat natijalari
25-02-2021

Familiyasi, ismi va sharifi

Ixtisoslik shifri

Mutaxassis-

likdan ball

Ingliz tilidan ball

Umumiy

ball

Natijasi

1

Suvanova Dilnura Kurbanovna

09.00.04

75,0

 57,0

132,0

Qabul qilindi

2

Igamova Parvina Sur’atovna

 10.00.04

75,0

 88,0

163,0

Qabul qilindi

3

Ablakulova Iroda Kamolidinovna

10.00.06

 80,0

 100,0

180,0

 Qabul qilindi

4

 Shaydullayeva Sitora Sobirjonovna

 08.00.11

70,0

100,0

170,0

Qabul qilindi

5

 Xamrokulov Jurabek Ashrafovich

08.00.17

75,0

90,0

165,0

Qabul qilindi

6

Shukurov Farux Toxirovich

08.00.05

86,0

86,0

172,0

Qabul qilindi

Kategoriya E'lonlar

Joriy yilning 2-mart kuni Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va viloyat hokimligi ko‘magida mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirishga bag‘ishlangan madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazildi.

Tadbir doirasida H.Olimjon nomidagi Samarqand viloyat musiqa va drama teatri maydonida sahnalashtirilgan teatr namoyishlari va konsert dasturlari tashkil etildi. Ta’kidlash joizki, “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti talabalari ham ushbu ko‘gilochar dasturlarda faol ishtirok etishdi.

Bugun Samarqand shahar aholisi va tashrif buyurgan mehmonlar uchun viloyatdagi barcha madaniy meros ob’ektlari va muzeylariga kirish bepul edi. Tashkilotchilar viloyatning turistik tashkilotlari bilan hamkorlikda tashrif buyuruvchilar o‘rtasida turli xil viktorinalar va tanlovlar o‘tkazishdi, g‘oliblar esdalik sovg‘alari va O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish uchun 2 kishilik yo‘llanmalar bilan taqdirlanishdi.

Kategoriya Yangiliklar

Bangladesh Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Md Jahongir Olam “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.

Uchrashuv universitetning taqdimotidan boshlandi. Unda universitetning Birinchi prorektori Jo‘liboy Donobayevich universitetning keng ko‘lamli ilmiy va o‘quv tuzilmasi, amaliy faoliyati va xalqaro sherikligiga e’tibor qaratdi.

Muzokaralar davomida nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda turizm sohasidagi mutaxassislarga bo‘lgan talabning yuqori bo‘lishi yuzasidan fikrlar almashildi. Xususan, tomonlar universitetda turizm sohasidagi ta’lim tizimini takomillashtirish va chet tillarini o‘rganishga ixtisoslashgan innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejalarini muhokama qildilar.

O‘z navbatida Bangladesh Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi mehmondo‘st qabul uchun minnatdorlik bildirdi.

“Samarqandda, sizning universitetingizda bo‘lish men uchun katta g‘ururdir, – deya o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi Md Jahongir Olam. – Biz uchun nafaqat talabalarning harakatchanligi, balki universitetning yosh olimlarini qo‘llab-quvvatlash ham muhimdir. Uchrashuvimiz natijasi so‘zda emas, balki amalda bo‘lishi muhimdir”.

Janob Md Jahongir Olam Bangladesh Respublikasining bir qator yetakchi oliy o‘quv yurtlari bilan aloqalar o‘rnatilishi va kelgusida hamkorlik qilish uchun barcha sharoitlar yaratilishini ta’kidladi.

Kategoriya Yangiliklar
3 dan 3 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar