Yangiliklar: Yanvar 2021

Chorshanba, 20 Yanvar 2021 18:07

Ezgulik dunyoni qutqaradi!

“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetining qobiliyatli va tashabbuskor talabalari juda ko‘p. Shulardan biri “Ommaviy tadbirlar menejmenti” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan 3-bosqich talabasi Mardonov Amir.

Ma’lumki, o‘tgan oylar davomida butun dunyoda kechayotgan pandemiya oqibatlari sababli, bizning davlatimizda ham karantin qoidalari kuchaytirilgan edi va shunday bir paytda talabamiz Mardonov Amir ham bir chekkada qarab turmadi. Insonlarga yaxshilik qilish va yordam berish maqsadida koronavirus infeksiyasini davolash uchun tashkil qilingan Samarqand viloyat maxsus taqsimlash markazida ko‘ngilli sifatida faoliyat olib bordi.

Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, har tomonlama o‘zini ijobiy namoyon etayotgan talabamiz ko‘plab xalqaro konferensiyalarda va forumlarda ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, “II Millennium Festival” (Toshkent, 2019) va 2019-yilda bo‘lib o‘tgan "Sharq Taronalari" festivalida volontyor sifatida ishtirok etgan. Bundan tashqari, o‘zining bilimi va shijoati tufayli universitet talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovda yuqori natijalarga erishib grant asosida Indoneziya davlatida ikki haftalik amaliyot o‘tab kelgan.

“Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich odamlarga ko‘rsatayotgan mehr-saxovatlarini ko‘rib, shunday buyuk xalqning farzandi ekanligimdan faxrlandim va men ham shahrimizda koronavirusga qarshi kurashda ozgina bo‘lsa ham o‘z hissamni qo‘shishga qaror qildim. Men Samarqand viloyat maxsus taqsimlash markazida ko‘ngilli sifatida faoliyat olib borganimdan juda xursandman, chunki bu faoliyat men uchun juda katta tajribaga aylandi” - deydi Mardonov Amir.

Kategoriya Yangiliklar

Dual ta’lim tizimi – ixtisoslashgan ta’lim turi bo‘lib, talaba nazariy bilimlarni ta’lim muassasasida, amaliy ko‘nikmalarini esa bevosita ish joyida, ya’ni tashkilotda olish imkoniyatini yaratib beradi. Dual ta’limining asosiy maqsadi ta’lim muassasasi va ish beruvchilarning sa’y-harakatlari amaliy mashg‘ulotlarning asosiy omili sifatida birlashtirib, talabalarning kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirishdan iborat.

2021-yil 19-yanvar kuni “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida innovatsion ta’lim tizimi sifatida tan olingan dual ta’lim bilan yaqindan tanishish maqsadida universitet O‘quv-ishlab chiqarish markazi (O‘IChM) direktori – Muxamednazarova I.V. tomonidan tashkil etilgan seminar-trening o‘tkazildi.

Mazkur seminar-treningda dual ta’lim kontseptsiya, talabalar va ish beruvchilar uchun uning afzalliklari haqida ham alohida gapirilib o‘tildi.

Kasbiy dual ta’limi tizimining kontseptsiyasi o‘quv va ishlab chiqarish jarayonlarini birlashtirish orqali mutaxassislarni tayyorlashda amaliy yo‘nalishni kuchaytirishga asoslanadi, bu esa o‘quv muassasalari bitiruvchilarining kasbiy harakatchanligini sezilarli darajada oshiradi. Dual ta’lim tizimi samarali va moslashuvchan mexanizm bo‘lib, turli soha korxonalari tomonidan bozor iqtisodiyotining zamonaviy sharoitlarida talab yuqori bo‘lgan malakali mutaxassislarni tayyorlash imkonini beradi.

Kategoriya Yangiliklar

Bilamizki, restoran biznesini ochish juda mas’uliyatli ish. “Menejment: restoran biznesini boshqarish” yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning ushbu jarayonda asosiy tushunchaga ega bo‘lishlari muhimdir. Shubhasiz, ular o‘zlarining restoran biznesini yuritishni orzu qiladilar. Lekin har bir kishining bu maqsadga erishish yo‘lida aniq qadamlar tashlashga ikkilanishi turgan gap. Restoranning ochilishi ko‘p vaqt, kuch va, ayniqsa, moliyaviy xarajatlar talab qiladi. Ushbu xarajatlarni kamaytirish uchun restoran biznesi haqida ko‘p narsalarni bilib olish juda muhim.

2021-yil 18-yanvar kuni “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida restoran biznesining yetakchi mutaxassisi va “Sophia” restorani boshqaruvchisi – Adamanov Kemal Rustemovich tomonidan “Restoranni ochish va xatolar ustida ishlash” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi. Tashkilotchi: universitetning O‘quv-ishlab chiqarish markazi.

Mutaxassis so‘zlariga ko‘ra, postpandemik sharoitda o‘zbek turistik bozorida gastronomik segmentning rivojlanishi yuqori ko‘rsatkishlarni ko‘rsatmoqda, bu esa restoran biznesi uchun eng istiqbolli omil hisoblanadi. Shunday qilib, restoran biznesi o‘zini oqlash muddati 1-3 yillik davrni o‘z ichiga oladi, va bu ajoyib ko‘rsatkich.

Mahorat darsi yakunlangach, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassisga murojaat qilishdi, batafsil javoblar va sharhlar olindi.

Universitet rahbariyati Adamanov Kemal Rustemovichga o‘tkazilgan mahorat darsi uchun minnatdorchilik bildiradi va kelgusida hamkorlikni davom ettirishga umid bog‘laydi.

Kategoriya Yangiliklar

CONTEMPORARY APPROACHES AND INTERCULTURAL COMMUNICATIONS
IN DEVELOPMENT OF TOURISM ON SILK ROAD
TO'PLAM 22.12.2020

STATE COMMITTEE OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN FOR TOURISM DEVELOPMENT
BEIJING INTERNATIONAL STUDIES UNIVERSITY IN CHINA
“SILK ROAD” INTERNATIONAL UNIVERSITY OF TOURISM PROCCEEDINGS
OF THE INTERNATIONAL CONFERENCE ON CONTEMPORARY APPROACHES AND INTERCULTURAL
COMMUNICATIONS IN DEVELOPMENT OF TOURISM ON SILK ROAD

22 -Dekabr
2020 yil
Kategoriya Konferensiyalar

2021-yil 14-yanvar kuni Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 29-yilligi munosabati bilan “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida armrestling bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar o‘ng va chap qo‘llarda uch vazn toifasida bellashdilar.

Shunday qilib, o‘ng qo‘lda 65 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida quyidagi talaba-yigitlar sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi:

O‘ng qo‘lda bellashgan 75 kg gacha bo‘lgan vazn toifasidagi sovrindorlar quyidagilar:

O‘ng qo‘lda bellashgan 85 kg gacha bo‘lgan vazn toifasidagi sovrindorlar:

Chap qo‘lda bellashgan 65 kg gacha bo‘lgan vazn toifasidagi sovrindorlar:

75 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida (chap qo‘lda):

85 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida (chap qo‘lda):

Musobaqa ishtirokchilaridan biri – Allayorov Olim ta’kidlaganidek,

“Armrestling – munosib duelda kuch va mahoratni namoyon qilish mumkin bo‘lgan eng halol kurash turidir. Bugungi musobaqa bizga juda ko‘p his-tuyg‘ularni berdi, har bir talaba qo‘lidan kelganicha harakat qildi”.

Musobaqa sovrindorlarni esdalik diplomlar bilan taqdirlash marosimi bilan yakunlandi.

Kategoriya Yangiliklar
Payshanba, 14 Yanvar 2021 15:49

14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni

Bugun, 14-yanvar kuni respublikamizda Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 29 yilligi nishonlandi.

Bayram munosabati bilan universitet foyesida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitetning birinchi prorektori J.D.Eltazarov barchani bayram bilan samimiy tabriklab, millionlab yurtdoshlarimiz uchun ushbu bayram jasorat, qat’iyat, vatanparvarlik, Vatanga fidokorona xizmat ko‘rsatish ramzi ekanini ta’kidladi. Har qanday vaqtda Vatanga xizmat ko‘rsatish O‘zbekistonning har bir fuqarosi uchun muqaddas burchidir.

Shuningdek, tadbirda O‘zbek jang san’ati Federatsiyasi rahbari – Jamil Yusupov, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi huzuridagi Markaziy harbiy okrugi 29080-sonli harbiy qismi mayori – Jamol Qodirov, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi huzuridagi Markaziy harbiy okrugi 75061-sonli harbiy qismi kapitanlari – Alisher Najmiddinov va Adhamjon Abdug‘aniyevlar ishtirok etishdi.

Universitet talabalari yig‘ilganlar uchun vatanparvarlikni madh etuvchi qo‘shiqlar, she’rlar va milliy raqslarni ijro etishdi.

Biz mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalik uchun katta mas’uliyat, sharaf bilan xizmat qiladigan harbiy xizmatchilarimiz bilan faxrlanamiz!

Kategoriya Yangiliklar
Seshanba, 12 Yanvar 2021 17:47

Turizm ustalaridan mahorat darslari

Joriy yilning 12-yanvar kuni universitetning ma’ruzalar zalida gastronomik, innovatsion va sport turizmi sohalaridagi yetakchi mutaxassislardan mahorat darslari bo‘lib o‘tdi.

Universitet talabalari va professor-o‘qituvchilari mamlakatimizda tobora ommalashib borayotgan turizm sektorining eng dolzarb yo‘nalishlari bilan tanishdilar.

Xususan, “Gastronomik turizm va xalqaro tadbirlar oʻtkazish tajribasi” mavzusida Bahriddin Chustiy, “Sport turizmi orqali mamlakat brendini tanitish va yangi turizm mahsulotlari” – G‘iyosiddin Ahmedov, hamda “Turizmda innovatsiya - kreativ loyihalar va start-ap muhitini shakllantirish” mavzusi bo‘yicha Temur Mirzayevlar o‘zining mahorat darslarini ochiq muloqot shaklida namoyish etdilar.

O‘tkazilgan mahorat darslari turizm sohasini modernizatsiya qilish, ya’ni Internet-resurslar salohiyatidan foydalanish, talabalarning innovatsion g‘oyalarini ilgari surish, sport va jismoniy madaniyatni ommalashtirish bo‘yicha takliflarni o‘z ichiga olgan. Mutaxassislar universitetimiz qoshida “Tourism Lab” innovatsion g‘oyalar va startaplar ixtisoslashtirilgan laboratoriyani ochish tashabbusi bilan chiqishdi.

Shuni ta’kidlash joizki, universitet rahbariyati talaba-yoshlarni innovatsion faoliyatga jalb qilish, o‘z startap-loyihalarini ilgari surish, sport va gastronomik turizmni ommalashtirish maqsadida shu kabi mahorat darslarini doimiy ravishda o‘tkazilishini qayd etdi.

Kategoriya Yangiliklar

“TOURISM IN THE 21ST- CENTURY: INNOVATIONS,
DIGITAL TECHNOLOGIES, INCLUSIVE GROWTH”
TO'PLAM 27-28.05.2020

STATE COMMITTEE OF THE REPUBLIC OF
UZBEKISTAN FOR TOURISM DEVELOPMENT
“SILK ROAD” INTERNATIONAL UNIVERSITY OF TOURISM
SAHID INSTITUTE OF TOURISM (INDONESIA)
ACADEMY OF TOURISM ANTALYA (TURKEY)
GUILIN TOURISM UNIVERSITY (CHINA)
AL-FARABI KAZAKH NATIONAL UNIVERSITY (KAZAKHSTAN)
LOVELY PROFESSIONAL UNIVERSITY (INDIA)
UNIVERSITY OF KOTA (INDIA)
AND INTERNATIONAL UNIVERSITY OF TOURISM AND
HOSPITALITY (KAZAKHSTAN)

27-28- May
2020 Yil
Kategoriya Konferensiyalar

“THE CREATIVE POTENTIAL OF A MULTILINGUAL PERSONALITY:
THE INFLUENCE OF THE MULTILINGUISTIC
FACTOR ON THE PROCESS OF LEARNING A FOREIGN LANGUAGE”
To'plam 29-30.05.2020

STATE COMMITTEE OF THE REPUBLIC OF
UZBEKISTAN FOR TOURISM DEVELOPMENT
“SILK ROAD” INTERNATIONAL UNIVERSITY OF TOURISM
KOREA UNIVERSITY OF INTERNATIONAL STUDIES (KOREA)
SAMARKAND STATE UNIVERSITY (UZBEKISTAN)
AL-FARABI KAZAKH NATIONAL UNIVERSITY (KAZAKHSTAN)
THE CENTRE FOR APPLIED LINGUISTICS (USA)
CENTRE FOR TRANSLATION AND INTERCULTURAL STUDIES (CTIS) (UK)

29-30- May
2020 yil.
Kategoriya Konferensiyalar

2021-yil 11-yanvardan boshlab O‘zbekistonning barcha oliy ta’lim muassasalari an’anaviy ta’limga qaytdi. Bu haqda AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati rahbari Farhod Babashev maʼlum qildi.

“Barcha oliy ta’lim muassasalari tomonidan oʻquv jarayonini anʼanaviy tarzda boshlash boʻyicha grafik ishlab chiqilgan. Grafik asosida 2021-yil 11-yanvardan barcha OTMlarning tegishli kurslarida oʻquv jarayoni anʼanaviy shaklda boshlanadi.
Ayrim kasal talabalar yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarning oʻqishlari onlayn shaklda davom ettirilishi mumkin. Bu holatda OTMlar talabalarning sharoitlarini oʻrganib chiqadi. Barcha imkoniyatlari mavjud boʻlgan talabalar anʼanaviy taʼlimga toʻliq jalb etiladi”, – dedi F.Babashev.

Brifingda taʼlim jarayonini tashkil etishda haftalik oʻquv kunlari OTM tomonidan mustaqil belgilanishi ham maʼlum qilindi.

Shuni ta’kidlashimiz joizki, “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida o‘quv jarayoni karantin choralariga rioya qilgan holda olib boriladi. Eslatib o‘tamiz, sirtqi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar uchun onlayn ta’lim shakli saqlanib qolgan.

Kategoriya Yangiliklar
2 dan 3 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar