Yangiliklar: Dekabr 2021

Dushanba, 27 Dekabr 2021 12:11

Ilmu ma’rifatga bag’ishlangan umr

“Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining Birinchi prorektori, taniqli olim, Turk tilshunoslik jamiyati muxbir a’zosi, jonkuyar rahbar Jo‘liboy Eltazarovning 60 yillik yubileyi Samarqand Davlat universiteti anjumanlar saroyida keng nishonlandi.

Tadbir avvalida O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari, Turism va sport vaziri, “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori A.Abduhakimovning to’g’ridan-to’g’ri onlayn shaklda ishtirok etib tabrik so’zi yo’lladi.    

Shuningdek, Samarqand davlat universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, professor Ahmadjon Soliev universitet rektori, Oliy Majlis Senati a’zosi, professor Rustam Xolmurodovning tabrigini o‘qib eshittirdi va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

    Shundan so‘ng, universitet Axborot xizmati tomonidan tayyorlangan Jo‘liboy Eltazarov hayoti va faoliyati haqidagi film namoyish etildi.

    Shuningdek, bir qator nufuzli mehmonlar:

    Muslihiddin Muhiddinov - Samarqand davlat universiteti professori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi.

    Suyun Karimov – filologiya fanlari doktori, professor, “Shuhrat” medali sohibi

    Rustam Qobilov – Samarqand viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari.

    Komiljon Rashidov – Tashqi ishlar vazirligi boshqarma boshlig‘i.

    Alparslon Akimji - Turkiya elchixonasi madaniyat attashesi.

    Jasur Rizaev - Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori, professor.

    Turg‘un Ko‘chkunov - Forishlik mehnat faxriysi.

    Jozef Hoffman - Ipak yo‘li turizm va madaniy meros xalqaro universiteti prorektori o‘zlarining samimiy tilak va dil izhorlarini bildirdilar.

    Tadbir ko‘tarinki va yuqori kayfiyatda davom etdi.

    Jo‘liboy Eltazarov tadbir yakunida barcha tashkilotchilarga minnatdorlik bildirar ekan, o‘z umrining teng yarmini Samarqand davlat universitetida o‘tkazganini va hozirgi kunda “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rivojlantirish va turizm va madaniy meros sohalarida mamlakatimiz uchun etuk kadrlar tayyorlashda o’z hissasini qo’shishdan baxtiyor ekanligini ma’lum qildi. Tadbir davomida dunyoning bir necha xorijiy mamlakatlaridan, jumladan Turkiya davlatidan vakillar onlayn tarzda ishtirok etdilar va olimga o’z tilaklarini bildirdilar.

Kategoriya Yangiliklar
Shanba, 25 Dekabr 2021 14:12

Erasmus+ dasturi bo'yicha seminar

2021-yilning 28-dekabr kuni soat 9:30 dan 12:30 gacha “Ipak yo‘li” Turizm va madaniy meros xalqaro universitetining anjumanlar zalida Erasmus+ dasturi doirasida loyihalarni tayyorlash yo‘nalishi bo‘yicha uslubiy seminar bo‘lib o‘tadi

Kategoriya Yangiliklar
Juma, 24 Dekabr 2021 13:23

Qozog'iston delegatsiyasining tashrifi

Bugun, 24-dekabrda Qozog‘iston Republikasining Turkiston shahrida joylashgan Turizm va mehmondo‘stlik xalqaro universiteti vakillari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurishdi.
Tashrifdan maqsad ikki tomonlama imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida amaliy chora tadbirlarni amalga oshirish, ikki universitet o‘rtasida talabalar, tadqiqotchilar va o‘qituvchilar almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Ikki tomonlama muzokaralarda Birinchi prorektor, professor J. Eltazarov va Rektor maslahatchisi A.Ospanova ikki ta‘lim muassasasidagi mavjud ilmiy va akademik salohiyatdan yetarli darajada foydalanish zarurligi va istiqboldagi rejalar borasida so‘z yuritdilar.

Delegatsiya a‘zolari universitetimizdagi o‘quv jarayonlari va talaba hamda o‘qituvchilar bilan uchrashdilar va universitet kutubxonasiga tashrif buyurdilar.

Kategoriya Yangiliklar

Universitet xalqarolashtirish va strategik rivojlanish boʻyicha birinchi prorektori, professor Eltazarov J.D
turli nominatsiyalar bo‘yicha eng faol o‘quvchilarni faxriy yorliqlar, shuningdek, talabalar sovg‘alari bilan taqdirladi. Ushbu nominatsiyaga bu yil jami 25 nafardan ortiq talaba tanlab olindi.

Kategoriya Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi “Turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5270-sonli qaror ijrosi bo‘yicha universitet huzuridagi kollej va texnikumlari rahbarlariga 23-24 dekabr kunlari yuqori darajadagi seminarlar tashkillashtirilmoqda.
Mazkur seminarlarda universitet huzuridagi kollej va texnikumlar direktorlari va direktor o‘rinbosarlari ishtirok etmoqda. Ikki kun davomida PQ-5270 – sonli qaror ijrosi va istiqboldagi rejalar asosida Turizm va sport vazirligi hamda «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rahbariyati tomonidan ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi” doirasida mashg‘ulotlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Kategoriya Yangiliklar

"O'zbekiston Yoshlari Forumi-2021" doirasida Joriy yilning 21-dekabr kunida yoshlarning innovatsion g‘oyalari va startap loyihalarini amalga oshirish, ularning innovatsion tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va BMT Taraqqiyot Dasturining “O'zbekistonda yoshlar bandligiga komaklashish” qo‘shma loyihasi doirasida "Eng istiqbolli 40 startap loyihalari" ko'rgazmasi va ularni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.


Mazkur jarayonlarda "Ipak yo'li" turizm xalqaro universiteti 3-bosqich talabasi Shodiyor Amirullayev o'zining "Sunshine-Educational Platform" nomli loyihasi bilan "Eng istiqbolli 40 startap loyihalar" qatoridan joy olgan holda 50 million so'm miqdorida maqsadli grant mablag'i va C-Space Coworking tomonidan Open Spaceda loyihalar ustida ishlash uchun 5 million so'm miqdorida pul mukofoti, shuningdek kristal ramziy kubok va sertifikat bilan taqdirlandi.


Ma'lumot o'rnida Shodiyor Amirullayev Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi huzuridagi Yoshlar Parlamenti a'zosi hamdir.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yil 20-21dekabr kunlari Buxoro shahrida II Xalqaro yoshlar turizm forumi oʻtkazildi. Loyiha tashabbuskori Buxoro viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi bo'lib, onlayn-forumda 10 ga yaqin xorijiy delegatlar ishtirok etdi. Tadbirni tashkil qilishdan maqsad mahalliy va xorijiy mutaxassislar va talabalarning yuqori salohiyatli ilmiy ishlanmalari, start-up loyihalarini aniqlab, hayotga tadbiq etish hamda turizm sohasida yetuk kadrlarni yetishtirishga koʻmaklashishdan iborat.
Ikki kun davom etgan forumda yurtimizning qator viloyatlaridan tashrif buyurgan yoshlar, qolaversa xorijdagi talabalar (onlayn tarzda) va soha ekspertlari oʻz startap loyihalari va ilmiy ishlanmalari bilan qatnashishdi.

Unga ko‘ra:

- MICE turizm bo‘yicha eng kreativ g‘oya “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti; Mamatqulova Sarvinoz va Mo‘minov Jasur ushbu yo‘nalishda "MICE TOURISM" nomli loyihalari bilan 1chi o‘rinni oldilar.

- Ecoturizm bo‘yicha eng yaxshi taqdimot: BuxDU hamda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti; Alekperova Dilshodaxon "Great Emirate" Cultural Desert-Camp nomli loyihalari bilan 1 chi o‘rinni oldilar.

-Buxoro viloyatida ekoturizmni rivojlantirish yo‘nalish: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti; To‘ychiev Inayatillo va Turaqulov Shaxzod "Bubble Tent
& Yurtent", yengil konstruksiyali ko`chma
joylashtirish vositalar nomli loyihalari bilan 2 - chi o‘rinni oldilar.

- Turizm va innovatsiyalar yo‘nalishidagi eng yaxshi go‘ya: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti; Ernazarov Barkamol, Nasrullaeva Shaxrizoda va Аxmadxon Davlatov "Vrtours" nomli loyihalari bilan 2-chi o‘rinni oldilar.
Shu kuni Buxoro turizm elchilari saylandi va ularga kumushdan yasalgan "Buxoro turizm elchisi" ko'krak nishoni taqdim etildi.
Forum doirasida talaba yoshlar uchun Buxoro bo'ylab sayohat tashkil etildi.

Kategoriya Yangiliklar

Insoniyat tarixi YuNESKOning umumiy va mintaqaviy tarix to'plamiga kiritilgan. Mazkur nashr madaniyatlar va sivilizatsiyalar o‘rtasidagi o‘zaro tushunish va muloqotni rivojlantirishga xizmat qilishi bilan ajralib turadi. Ushbu turkum tarix davomida madaniyatlar o'rtasidagi to'qnashuvlarni va ularning insoniyat umumiy taraqqiyotiga qo'shgan hissasini ko'rsatishga bag’ishlangan. Bu esa, o’z o’rnida, tarixning plyuralistik qarashlarini targ'ib qilish orqali amalga oshiriladi.


Hurmatli rektorimiz Aziz Abduhakimov kutubxonamizni mana shunday yangi kitoblar bilan to‘ldirdi. Talabalarimizga yaratib berilayotgan imkoniyatlar uchun rektorimizdan cheksiz minnatdormiz!

Kategoriya Yangiliklar

Forumda "Ipak yoʼli" turizm va madaniy meros xalqaro universitetining faol tashabbuskor talabalari o‘z startap loyihalari va ilmiy g‘oyalari bilan munosib ishtirok etishmoqda.


Loyihaning maqsadi mahalliy va xorijiy talaba va mutaxassislarning salohiyatli ilmiy ishlanmalarini, startap loyihalarini aniqlab, hayotga tadbiq etish va turizm sohasida yetuk kadrlarni yetishtirishdan iborat. Forumda mamlakatning turizm salohiyati to‘g‘risidagi taqdimot bo‘lib o‘tdi.


Ishtirokchilar pandemiya davrida turizmning ayrim turlarini rivojlantirish haqida fikr almashdilar. Ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro aloqalar o‘rnatgan holda startaplarni taqdim etib, ularni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Kategoriya Yangiliklar

Bosh vazir o‘rinbosari - Turizm va sport vaziri,  “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori Aziz Abduhakimov “Toshkent yoshlar forumi – 2021” doirasida yoshlar bilan uchrashib, turizm va sport sohasidagi loyihalar hamda amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berdi.

Vazir o‘z nutqi avvalida O‘zbekiston uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hodisa - baxshilik sanʼati Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritilganligi haqidagi yangilik bilan bo‘lishdi. Shu o‘rinda Baxshichilik sanʼatini keng ommalashtirishga oid videorolik namoyish etildi.

Shuningdek Aziz Abduhakimov forum doirasida yoshlar bilan turizm, sport, madaniyat va ekologiya sohalaridagi istiqbolli loyihalar bo‘yicha ishlashga tayyor ekanligini taʼkidladi. U yoshlarni, jumladan, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalarida faollik ko‘rsatishga chaqirdi, xususan, Orol fojiasining insonlar hayotiga taʼsiriga bag‘ishlangan ekologiya mavzusiga ham alohida eʼtibor qaratdi. Bundan tashqari, minglab kishilarning qachonlardir Orolga suv qaytishi bilan bog‘liq orzusini aks ettiruvchi “Ertaga” musiqiy videosi hamda “Sky Camp Bo‘stonliq” videoroligi namoyish etildi.

Aziz Abduhakimov ommaviy va keng ko‘lamli sport musobaqalarining o‘tkazilishi yoshlarni sog‘lom turmush tarziga rioya qilish va sportga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga undashini taʼkidlab, ushbu yo‘nalishda o‘tkazilgan marafonlar haqida maʼlumot berdi.

Uchrashuv davomida yoshlar madaniy meros obyektlarini qayta tiklash, turizm infratuzilmasini rivojlantirish, turizmni rivojlantirish borasida poytaxtimizda amalga oshirilayotgan ishlar, sayyohlar uchun joylashtirish vositalari qurilishiga berilayotgan imtiyozlar kabi mavzularda o‘zlarini qiziqtirgan savollar hamda boshqa mavzularda murojaat qilishdi.

Yoshlar ham o‘z o‘rnida sohaga doir takliflari bilan o‘rtoqlashishdi, jumladan, ulardan biri nogironligi bo‘lgan xorijlik va mahalliy sayyohlar uchun maxsus turizm dasturi yaratishni taklif qildi.

Aziz Abduhakimov yoshlarning savollariga batafsil javob berdi va ishtirokchilar tomonidan aytilgan qiziqarli takliflar uchun minnatdorlik bildirdi.

Taʼkidlash joizki, o‘tgan yilgi Toshkent yoshlar forumida ham Bosh vazir o‘rinbosari forum ishtirokchilarining eng yaxshi takliflarini qabul qilgan va bugungi kunda ular bilan faol hamkorlik davom ettirilmoqda.

Manbaa: www.uzbektourism.com

Kategoriya Yangiliklar
2 dan 5 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar