Yangiliklar: Oktyabr 2021

Hamkorlikning turli yo'nalishlarini muhokama qilindi, jumladan, ta'lim dasturlari, tadqiqotchilar va o'qituvchilarning akademik almashinuvi. Shuningdek, uchrashuv davomida sayyohlik, madaniy meros va tarixiy obidalarni tiklash sohasidagi fransuz mutaxassislarini taklif etish, shuningdek, talabalar almashinuvi va yosh mutaxassislar uchun amaliyotni tashkil etish muhimligi ta'kidlandi. Shuningdek, Frantsuz Alyansining Toshkentdagi bo'limi tomonidan taalabalar o’rtasida fransuz tilini o'rganishga alohida e'tibor berilishiga kelishib olindi.

Ilmiy ishlar bo'yicha prorektorning ACCOR mehmonxonalar tarmog'i va Ipak yo’li turizm xalqaro universiteti o'rtasida sheriklik va ishbilarmonlik  o'rnatish to'g'risidagi takliflar qo'llab-quvvatlandi.

Universitet kutubxonasiga tashrif buyurgan Birinchi Maslahatchi Fransiyaning O'zbekistondagi elchixonasidan kamida 500 dona kitob sovg'a qilishga tayyorligini bildirdi.

Kategoriya Yangiliklar

Samarqand shahri kuni munosabati bilan tashkil etilayotgan asosiy bayram tadbirlari Sohibqiron Amir Temur maqbarasini ziyorat qilish bilan davom etdi. O'tgan buyuk ajdodlarimiz ruhiga bag'ishlab Qur'on tilovat qilindi. Shundan so'ng viloyat va shahar hokimliklari, korxona va tashkilotlar, ta'lim muassasalari hamda keng jamoatchilik vakillari tomonidan Sohibqiron Amir Temur haykali poyiga gul qo'yildi.

Kategoriya Yangiliklar

18- Oktabr- Samarqand shahri kuni bayram tadbirlari yurish marafonidan boshlandi

"Biz sog'lom turmush tarzi tarafdoshimiz" shiori ostida Samarqand shahrida bugun erta tongdan ommaviy yurish marafoni tashkil etildi.

Unda 7 yoshdan 70 yoshgacha bo'lgan samarqandliklar ishtirok etishdi.

Kategoriya Yangiliklar

 Chellenjda ishtirok etish uchun o'zingiz ishtirokingizda Prezident sayloviga aloqador bo'lgan videorolik yoki o'z ijodiy ishlaringizni (chizilgan rasm, qo'l mehnati orqali yaratilgan ijod namunasi, kreativ rasmlar), o'zingizning Instagram tarmog'ingizga joylaysiz va Instagramdagi @saylovedu2021 (https://instagram.com/saylovedu2021) profilini belgilab (отметка qilib), videoga #saylovedu2021 heshtegini yozasiz.

Videorolik va ijodiy ishlar saylovning mazmun va mohiyatini targ'ib qilishi, o'ziga xos, ijodkorlik, kreativlik bilan yondashilgan bo'lishi kerak.

Chellenjga taqdim etiladigan materiallar 20-oktabrga qadar Instagram tarmog'iga joylanishi kerak.

Chellenjda eng yaxshi video hamda eng yaxshi ijodiy ish mualliflari diplom hamda quyidagi tartibda pul mablag'lari bilan rag'batlantiriladi:
1-o'rin 2.000.000 so'm
2-o'rin 1.500.000 so'm
3-o'rin 1.000.000 so'm

Chellenjda barcha yakka holda ishtirok etishi mumkin, jamoaviy ishtirok etish mumkin emas. Mualliflik huquqi inobatga olinadi.
Batafsil ma'lumot: @saylovedu2021

@vuz24_official — Vazirlik huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi rasmiy sahifasi

Kategoriya Yangiliklar
Juma, 15 Oktyabr 2021 09:43

Mehr ulashing, muruvvat ko‘rsating!

11-oktyabr – Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti Xotin-qizlar kengashi maslahatchisi M.Abbasova, psixolog D.Turdieva, 3-bosqich iqtidorli talabasi Sh.Hamroqulova boshchiligida viloyat xalq ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi 1-son Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchi qizlari bilan uchrashuv tashkil qilishdi.

Iqtidorli talaba qizlar qo‘lga kiritgan yutuqlari, ularga erishish yo‘llari haqida hikoya qiluvchi taqdimot o‘tkazishdi. Motivatsion ruhdagi ma'ruzalar tarbiyalanuvchi qizlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Bu kabi uchrashuvlar kelgusida ularning kasb tanlashida amaliy yordam berishiga umid qilib qolamiz.

Tadbir so‘nggida faol ishtirok etgan tarbiyalanuvchi qizlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Kategoriya Yangiliklar

Targʻibotchilar universitetning professor-oʻqituvchilari hamda talaba yoshlari tomonidan kutib olindi. Tadbirni universitetning birinchi prorektori J.D.Eltazarov ochib berdi, tarix fanlari doktori Farhod Nabiyev ertangi kunimizni belgilab beradigan saylov haqida kichik ma’ruza oʻqidi. “Targʻibot poyezdi” guruhi a’zolari universitetning talaba yoshlari oʻrtasida saylovoldi targʻibot-tashviqot ishlarini olib borishdi, saylov va uning olib borilish tartibi toʻgʻrisida ma’lumotlar berishdi. Tadbirda saylov mavzusidagi turli xil kichik viktorinalar oʻtkazildi, faol ishtirok etgan talabalar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

Kategoriya Yangiliklar
Chorshanba, 13 Oktyabr 2021 17:22

1-kurs talabalari uchun “oltin qoidalar”

2021-yilning 13-oktyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetining Faollar zalida psixolog Dildora Turdiyeva va Xotin-qizlar kengashi maslahatchisi Muhayyo Abbasova tomonidan birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar uchun uchrashuv o‘tkazildi.

Seminar-trening shaklida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda psixolog talabalarning yangi sharoitga moslashishi, o‘quv jarayonining yengil va muammosiz o‘tishi borasida konstruktiv tavsiya va maslahatlar bilan o‘rtoqlashdi. Bundan tashqari, u yosh yigit-qizlarni ochiq muloqotga chaqirib, ularning har qanday ijobiy ishlari, faoliyati universitet tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini tasdiqlab o‘tdi. Shuningdek, universitetda ijobiy psixologik muhit hukm surishida ikki tomonning uyg‘unligi, kelishuvi, birdamligi muhim rol' o‘ynashi haqida fikr bildirdi.

Shundan so‘ng so‘zga chiqqan universitet Xotin-qizlar kengashi maslahatchisi Muhayyo Abbasova talaba qizlarga universitet Xotin-qizlar kengashining boshqaruv tarkibiy tuzilmasi bilan tanishtirdi. Shu bilan birga, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish haqida tushunchalar berdi. Qizlarning kelgusi hayotida asqotadigan qimmatli maslahatlari, samimiy tilaklari bilan to‘planganlarning mehrini qozondi.

Kategoriya Yangiliklar

"Ipak yo'li" turizm xalqaro universiteti Germaniyaning Dresden Amaliy Fanlar Universiteti va Ekvadorning Milagro Davlat Universiteti bilan hamkorlikda 18-22-Oktabr kunlari tashkil etayotgan "Turizmni Boshqarish Tendentsiyalari" nomli online yozgi maktabiga talabalarimizni taklif etadi. Besh kun davomida uchta davlatdan turizm industriyasida yetuk malakaga ega mutaxassis va professorlar seminarlar tashkil etishadi. Seminarlarda faol qatnashgan talabalar 6 ECTS bilan taqdirlanadilar. Talaba bu kreditlar bilan qarzdorlik fanidan xalos bo'lishi yoki kelasi o'quv semestrida tanlov fanlarning biridan vos kechish imkoniyatiga ega. Yozgi ta'til ingliz tilida tashkil etiladi.
Registratsiyadan o'tish uchun quyidagi havolani ishlatishingiz mumkin: http://www.fh-dresden.eu/conference

To'lov haqida malumot:
Talabalar uchun: 60€
Mutaxassislar uchun: 95€

"Ipak yo'li" turizm xalqaro universiteti talabalari uchun 8 ta grant joy ajratilgan.
Yozgi maktab haqida, hamda grantlar haqida to'liq ma'lumot olish uchun universitetimizning xalqaro hamkorlik bo'limiga bog'lanishingizni so'raymiz: Mironshoh Uktamov
Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 7-oktyabr kuni "Ipak yo'li" turizm xalqaro universiteti kampusida birinchi kurs talabalari uchun "Orientation days" ("talabalarga bag'ishlanish") tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbir doirasida "Ipak yo'li" universiteti xodimlari va o'qituvchilari, shuningdek, yuqori kurs talabalari yangi kelgan talabalarni kutib olishdi, universitet hayoti haqida batafsil ma'lumot berib, ko'plab savollarga faol javob berishdi.
Tantanali ochilish marosimi universitetning konferensiya zalida bo'lib o'tdi. Ochilish marosimida universitetning birinchi prorektori professor Eltazarov Juliboy Danaboevich nutqining avvalida, talabalarning kundalik kashfiyotlar vaqti, yangi bilim olish, kasb – hunarga ega bo'lish, hayotiy pozitsiyalarni mustahkamlash vaqti ekanini ta'kidladi. Shuningdek, rektor maslahatchisi Aliya Ospanova tabrik so'zi bilan ishtirok etdi.
Universitet kampusi bilan yaqindan tanishish uchun qiziqarli ekskursiyalar tashkil etildi. Tashkil etilgan tadbirga ko'ra, birinchi kurs talabalari maktab o'qituvchilari tomonidan faoliyatning turli jihatlari bilan tanishishga qaratilgan ko'rgazma ekspozitsiyalari namoyish etildi.

Kategoriya Yangiliklar
Payshanba, 07 Oktyabr 2021 16:25

Hurmatli talabgorlar!!!

"Ipak yo'li" turizm xalqaro universiteti  turizm sohasida Sirtqi (masofaviy) ta'lim shaklida ikkinchi oliy ma'lumot olish uchun quyidagi yo’nalishlarda ariza topshirgan talabgorlarga imtihon sanasini e’lon qiladi:

  • Menejment: Оmmaviy tadbirlar menejmenti
  • Marketing (turizm marketingi)
  • Turizm faoliyat yo'nalishlari bo'yicha

Imtihon 2021-yil 9-oktyabr soat 10:00 da “Ipak Yo’li” turizm xalqaro universiteti o’quv binosida bo’lib o’tadi. Talabgorlar online ZOOM platformasida va offline shaklda ishtirok etishlari mumkin.

Qo'shimcha ma'lumotga ega bo'lish uchun https://t.me/univ_silkroad_uz  rasmiy kanalimizni kuzatib boring yoki quyidagi raqamlarga qo’ng’iroq  qiling:

+998(91) 5199363

+998(66) 2408608

Kategoriya E'lonlar
2 dan 3 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar