Yangiliklar: Dekabr 2020

Universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi va edvayzerlar jamoasi tomonidan 1-dekabr butun jahonda Ortirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS)ga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “OITS - XXI asr vabosi”, “Zuravonlikka qarshi 16 kun”, “Xotin-qizlarni ta’zyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish tarafdorimiz” va “Gender tenglik” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi.

Tadbirlarni tashkil etishdan maqsad – bugungi yoshlarimiz oʻrtasida reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, tibbiy madaniyatini oshirish, sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish, onalik va bolalikni muhofaza qilish. Mutaxassislar bilan karantin qoidalariga rioya qilgan holda jonli muloqotlar tashkil etildi.

Kategoriya Yangiliklar

Qoʻshma ta'lim (Double Degree) dasturlariga imtihon kuni aniq boʻldi. Abituriyentlar 4-Dekabr, Juma kuni soat 14.30 da Universitet binosiga pasportlari bilan kelishlari so'raladi.

Kategoriya E'lonlar
Chorshanba, 02 Dekabr 2020 15:43

Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash

“Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari rahbarlari munosib taqdirlanishdi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish ishlarini Samarqand viloyatida “mahallabay” tashkil etish bo‘yicha “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” shiori ostida 11-24-noyabr kunlari Oqdaryo tumanining 30ta mahallasida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardagi faol ishtiroki uchun “O‘zbek tili va adabiyoti hamda ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri dots. T.Sultanov, “Xorijiy tillar” kafedrasi mudiri Sh.Ashurova va “Turizm menejmenti” fakulteti dekan o‘rinbosari S.Haydarovlar 1-dekabr kuni “Ko‘ksaroy” bazmgohida tashkil etilgan tadbirda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning tashakkurnomalari bilan taqdirlanishdi.

Kategoriya Yangiliklar

“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti turizm ixtisosligi bo‘yicha stajyor-tadqiqotchilikka tanlov e’lon qiladi.

Stajyor-tadqiqotchilikka qabul qilish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 26-maydagi 304-son Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari” va “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom”ga hamda 2020 yil 6 noyabrdagi “Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash jarayonlarining shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 696-sonli qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun stajyor-tadqiqotchi sifatida o‘qishga kirishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni universitetning Ilmiy bo‘limiga taqdim etishlari va http://phd.mininnovation.uz/ veb-sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari talab qilinadi:

  1. Ariza;
  2. Qisqacha biografik ma’lumotnoma (ob’yektivka);
  3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
  4. Oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi ilovalari bilan birgalikda;
  5. Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari;
  6. Pasport nusxasi;
  7. 3x4 rasm, 2 dona.

Manzilimiz: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 17, “Ipak yo‘li” Turizm xalqaro universiteti Ilmiy bo‘limi
Murojaat uchun telefon: +998976143377
Elektron manzil: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. , Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Kategoriya E'lonlar
3 dan 3 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar