Yangiliklar: Dekabr 2020

2020-yilning 10-11-dekabr kunlari sharif Buxoro shahrining Sahid Zarafshon mehmonxonasida “I Xalqaro yoshlar turistik Forumi” boʻlib oʻtdi.

Turizm sohasi mamlakatimiz iqtisodiyotining eng jadal rivojlanayotgan va istiqbolli sohasi ekanligi jamiyatimizda oʻz aksini topmoqda. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yoshlar siyosatini davlat ahamiyatiga molik darajaga koʻtarib, har bir jabhaga kengroq jalb etishni koʻzda tutmoqda. Turizm sohasi uchun yuqori malakali yosh kadrlarni yetishtirish bugungi kunning aktual muammosi. Turizmga jalb etilgan va etilayotgan yoshlar ulushini inobatga oladigan boʻlsak, ular uchun imkoniyatlar, sharoitlar yaratib berish ayni muddaodir.

Sharif Buxoro shahrida oʻtkazilgan nufuzli tadbir ushbu xayrli ishlarning debochasi boʻldi. Forum Buxoro viloyati turizmni rivojlantirish departamenti tashabbusi va Oʻzbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Buxoro viloyati hokimligi, Oʻzbekistonning chet eldagi elchixonalari va bir qator soha tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Forumda yigirmadan ortiq xorijiy delegatlar onlayn-formatda ishtirok etishdi va ushbu davlatlarda toʻgʻridan-toʻgʻri namoyish etildi. Turizm sohasining xorijlik oʻn nafar mutaxassisi oʻz nutqi bilan qatnashdi. Jumladan, Fransiya, Singapur, Qozogʻiston, Indoneziya, Malayziya, Isroil davlatlari vakillari samarali va konstruktiv taqdimotlarini namoyish etishdi. Ayniqsa, yaponiyalik mutaxassisning sof oʻzbek tilidagi nutqi barchaning hayrati va eʼtirofini qozondi.

“Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti talabalari ham Forumda qatnashib, oʻz faolligi, tashabbuskorligi va oʻzgacha kreativ yondashuvi bilan boshqa ishtirokchilardan ajralib turdi. Universitetimiz sharafini himoya qilgan talabalarimiz beshtadan beshta guruhga boʻlinib, forum dasturidagi besh yoʻnalish boʻyicha taqdimotlar namoyish etishdi. Ayrim guruhlarning chiqishlari qizgʻin bahs va munozaralarga sabab boʻldi.

Forumning ikkinchi kuni eng yaxshi loyihalarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Quvonarli jihati shundaki, “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti talabalari forum dasturi doirasidagi besh (“Turizmning alohida sohalari”, “Turizm va media”, “Turizm va startap loyihalari”, “Taʼlim va turizm”, “Postpandemiya davrida turizm sohasini rivojlantirish”) yoʻnalishdan toʻrttasida birinchilikni egallab, mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi. “Turizm menejmenti” fakulteti Turizm faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha tahsil olayotgan 3-kurs talabasi Saidov Abdullo Buxoro viloyati turizmi elchisi etib saylangani ajoyib voqea boʻldi. Forum yakunida barcha qatnashchilar sertifikat bilan taqdirlandi.

Eksperimental tarzda oʻtgan ilk forum yangidan-yangi kreativ gʻoyalar, loyihalarga boy boʻldi va turizmning istiqbolli rejalarini belgilab berdi, turizm va yoshlar ajralmas tushuncha ekanligini isbotladi.

Dildora Turdiyeva,

Jamoatchilik bilan aloqalar PR boʻlimi uslubchisi

Kategoriya Yangiliklar
Juma, 11 Dekabr 2020 16:17

❗️ Rasmiy bayonot

Respublikada ilk bor, 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab, “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti talabalariga yangi zamonaviy oʻquv standartlari taqdim etiladi, yaʼni talabalarga ikki mutaxassislik “major” va “minor” tanlash imkonlari yaratiladi!

Talabalarimiz 3-kursga kelib, oʻzlari oʻqigan fakultetdan istalgan boshqa bir yoʻnalishni yoki 2021-2022 oʻquv yilida ochiladigan yangi 3 ta fakultetdan istalgan bir yoʻnalishni oʻzlari uchun “minor” sifatida tanlashlari mumkin.

Masalan, “major” "Turizm sohasida marketing" yoʻnalishi boʻlsa, “minor” koreys tili boʻlishi mumkin. Bu imkon ertaga ishsizlik oldini oladi va bozorda raqobatbardosh kadrlarni yaratib beradi.

Kategoriya E'lonlar

Республикада илк бор 2021-2022 ўқув йилидан бошлаб “Ипак йўли” туризм халқаро университети талабаларига замонавий ўқув стандартлари тақдим этилади. Яъни, талабаларга икки мутахассислик “мажор” ва “минор” танлаш имконияти яратилади.

Университет талабалари 3-босқичга келиб, ўзлари ўқиган факультетдан исталган бошқа бир йўналишни ёки 2021-2022 ўқув йилида очиладиган янги 3 та факультетдан исталган бир йўналишни “минор” сифатида танлашлари мумкин.

Масалан, “мажор” туризм маркетинг бўлса, “минор” корейс тили бўлиши мумкин. Бундай имконият эртага ишсизликнинг олдини олади ва бозорда рақобатбардош кадрларни яратиб беради.

“Ипак йўли” туризм халқаро университети ахборот хизмати.

Kategoriya OAV biz haqimizda

Joriy yilning 10-dekabr kuni “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti professor-oʻqituvchilari va xodimlari uchun: "Qanday qilib yuqori impakt-faktorli ilmiy jurnalda maqolani bepul nashr etish mumkin?" mavzusida eksklyuziv seminar-trening boʻlib oʻtdi.

Ushbu seminar ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash markazining sa’y-harakatlari bilan, xususan, markaz asoschisi, oliy ta’lim va fan sohasidagi xalqaro ekspert, Elsevier kompaniyasining Markaziy Osiyo boʻyicha sobiq mintaqaviy direktori - Ospanova Aliya tomonidan tashkil etildi.

Seminar dasturi quyidagi ustuvor jihatlarni oʻz ichiga olgan:

  • ilmiy maqola yozishning asosiy akademik qobiliyatlari;
  • xalqaro talablarga muvofiq ilmiy maqola tayyorlash;
  • koʻp uchraydigan xatolar;
  • maqola yozish sirlari va boshqa maslahatlar.

Shuningdek, ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash markazining asoschisi ilmiy maqola yozish jarayoniga oid muhim bosqichlar toʻgʻrisida ham alohida toʻxtalib oʻtdi. Bular quyidagilar:

  • ilmiy maqola mavzusini aniqlash;
  • maqolani toʻgʻri yozish qoidalariga rioya qilish;
  • maqola tilini tanlash;
  • kerakli adabiyotlarni tanlash;
  • standart tuzilma asosida ilmiy maqola yozish;
  • retsenzentlarning savollariga tayyorgarlik koʻrishdir.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, Qozogʻiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan Aliya Ospanova, Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyatini iliqlik bilan xalqaro ahamiyatga ega muhim maqolalar va ilmiy ishlar yozish uchun “qulay maydon” ekanligini aytib oʻtdi.

Kategoriya Yangiliklar
Payshanba, 10 Dekabr 2020 12:28

“Unutilgan Meroslar” tanlovi

“Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitet talabalar oʻrtasida “Unitilgan meroslar” tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov shartlari quyidagilardan iborat:

  • Talabalar loyiha doirasida kelajakda taniqli sayyohlik manzili boʻlishi kutilayotgan obyektga e’tibor berishlari lozim;
  • Taklif etilayotgan manzil turoperatorlar roʻyxatiga kiritilmagan boʻlishi kerak;
  • Taklif etilayotgan loyiha doirasida aniq tarixiy ma’lumotlar keltirilishi kerak;
  • Tanlovga taqdim etilayotgan loyihalar tariximiz, madaniyatimiz yoki turmush tarzimiz uchun muhim boʻlishi kerak;
  • Sizning loyihangiz doirasidagi gʻoyalar faqat Samarqand shahar va uning atrofidagi hududda joylashgan unutilgan merosni oʻz ichiga olishi kerak.

Loyihalarni qabul qilish muddati: 2021 yil 14-yanvargacha.

Loyihangizni quyidagi elektron pochtaga joʻnating: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Kategoriya E'lonlar

Avvalo, biz, talabalar Parlamenti Prezidentligiga oʻz nomzodlarini qoʻygan talabalarni ilk qadamlari bilan tabriklaymiz!

Saylovoldi dasturini tayyorlash uchun oz vaqt qoldi va biz, universitet matbuot xizmati, talabalar Parlamenti Prezidentligiga nomzodning haqiqatan ham sifatli dasturini tayyorlashga yordam beradigan kichik tavsiyalar toʻplamini tayyorladik.

Sizning saylovoldi dasturingizga kiritilishi zarur boʻlgan (must-have) maslahatlar roʻyxati:

  1. Oʻzingiz haqingizda qisqacha ma’lumot tayyorlang. Unda valontyorlik yoki loyiha faoliyatingizdagi tajriba (agar mavjud boʻlsa) haqida gapirish kerak. Ma’lumotingizda oʻz qiziqishlaringiz va qadriyatlaringizni koʻrsatsangiz yaxshi boʻlar edi;
  2. Talabalar oldida turgan ustuvor muammolarini va qaysi birini (yoki barchasini) hal qilishingiz mumkinligini koʻrsating. Agar nomzod ushbu muammolarni hal qilish uchun oʻz rejasini taqdim etsa, bu juda yaxshi harakat boʻladi.
  3. Erishgan yutuqlaringizni keng jamoatchilikka taqdim eting. Bu esa, oʻz navbatida, saylovchilar sizning kelajakdagi faoliyatingizning taxminiy vektorini va imkoniyatlaringizni tushunishlari uchun yordam beradi;
  4. Motivatsion nutq tayyorlang. Unda nega talabalar Parlamenti Prezidentligiga nomzodingizni koʻrsatayotganingizni ayting. Koʻpincha boʻsh qolasiz. Har bir talabaga yordam berish istagingiz bor. Oldindan mavjud boʻlgan va shu vaqtgacha bajarilmagan vazifalarning yechimini topish tuygʻusi sizni shijoat undadimi?
  5. Har qanday saylov dasturida boʻlishi kerak boʻlgan va eng muhim narsa bu sizning real va muhim takliflaringiz va gʻoyalaringizdir. Siz nimani oʻzgartirmoqchisiz va bu harakatlaringiz ijobiy natijalarga olib keladimi?

Har bir nomzodga yetkazmoqchi boʻlgan soʻnggi tavsiyamiz: ongli ravishda oʻz dasturingizni rejalashtirishga yondashing va va’dalaringizni behuda sarflamang!

Shuni yodda tutingki, yuqorida aytilganlarning barchasi faqat maslahatlardir. Fikrlar turlicha boʻlishi mumkin, ammo ushbu maslahatlarimiz sizga chindan ham kuchli saylovoldi dasturini tayyorlashga yordam bersa, biz juda xursand boʻlgan boʻlamiz!

“Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti talabalar Parlamenti boʻlajak Prezidenti, sizga omad tilaymiz!

Kategoriya Yangiliklar

Qoʻshma ta’lim dasturlari doirasida 4-dekabr kuni oʻtkazilgan imtihon natijalari e’lon qilindi

Toʻliq roʻyxatni yuklab olish (PDF) 

Kategoriya E'lonlar

7-dekabr kuni, umumxalq bayrami arafasida, “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetida Oʻzbekiston Respublikasining asosiy Qonuni – Konstitutsiya qabul qilinganligining 28 yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbir dasturi Davlat madhiyasi ijro etish, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi – M.Abbasova va “Turizm menejmenti” fakulteti dekanining yoshlar bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosari – S.Haydarovlarning tabrik soʻzlari, shuningdek, talabalarning chiqishlaridan iborat boʻldi. Tadbirda faol talabalar Konstitutsiya kuniga bagʻishlangan she’rlarni oʻqidilar, jonli ijroda qoʻshiqlar kuyladilar, musiqa asboblarida chaldilar, shuningdek, milliy raqslarni ijro etdilar.

Tantanali tadbir “Konstitutsiya – bizning kafilimiz!” deb nomlangan fleshmobi bilan yakunlandi.

Kategoriya Yangiliklar
Juma, 04 Dekabr 2020 16:25

Oliy ta’lim – korrupsiyasiz soha

Joriy yilning 4-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining katta majlislar zalida “Oliy taʼlim - korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirishga qaratilgan video-selektor shaklidagi seminar tashkil etildi.

Mazkur seminar 9-dekabr – “Korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro kuni” munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan hamkorlikda oʻtkazildi.

Seminarni oʻtkazishdan asosiy maqsad – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5729-son Farmoni hamda oliy taʼlim tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning ijrosiga bagʻishlanadi.

Darhaqiqat, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5729-son Farmoni asosida, ta’lim sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlar mutlaqo yangi bosqichga koʻtarildi.

Seminarda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi rahbar xodimlari, boshqarma va boʻlimlar boshliqlari, respublikadagi barcha oliy taʼlim muassasalari rektorlari va prorektorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda uning Akademiyasi xodimlari ishtirok etdi. “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetidan – birinchi prorektor J.Eltazarov, boʻlim boshliqlari, bosh yuriskonsult, matbuot kotibi mazkur video-seminarda ishtirok etishdi.

Seminar yakunida belgilangan vazifalarni barcha masʼul va manfaatdor tomonlar, ishchi guruh aʼzolari bilan birgalikda sidqidildan bajarishga va qoʻyilgan maqsadga erishish uchun tizimning barcha salohiyatini safarbar etishga kelishib olindi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 3 dekabr kuni “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetida talabalar va Oʻzbekiston ekstremal va togʻ turizmi federatsiyasi vakillari bilan navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Ushbu uchrashuv Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 13-avgustdagi PF-5781-sonli “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, “Tarix karvoni” loyihasi doirasida, O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining davlat buyurtmasi, shuningdek, Oʻzbekiston ekstremal va togʻ turizmi federatsiyasi bilan oʻzaro kelishuv Memorandumi asosida amalga oshirildi.

Kategoriya Yangiliklar
2 dan 3 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar