Seshanba, 07 Dekabr 2021 15:50

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Samarqand viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan tashkil etilgan “XXI asr ayoli” Respublika ko‘rik-tanlovining viloyat biosqichi bo‘lib o‘tdi.

     Mazkur tanlovda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talaba-qizlari ham ishtirok etishdi. Xususan, “Turizm faoliyatida logistika” yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Hamroqulova Shahloxon 1-o‘rin, “Turizm faoliyati” yo’nalishi 4-bosqich talabasi Santurova Azizaxon esa 3-o‘rinni egallashdi. Talaba-qizlar o‘z intellektual salohiyati hamda zukkoligi, tashabbuskorligi, mustaqil fikrlarini namoyish etishib,  hay’at az’olari, tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘lishdi. Hamroqulova Shahloxon mazkur tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

O'qilgan 3868 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar