Chorshanba, 01 Dekabr 2021 15:00

Kuningizni tabassum bilan qarshi oling!

Qishning birinchi kuni, yaʼni 1-dekabr sanasida “Ipak yoʼli” turizm va madaniy meros universitetida “Zoʼravonlikka qarshi faol harakatlarning 16 kuni” kampaniyasi doirasida ajoyib aktsiya oʼtkazildi.

Universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.Аbbasova va psixolog D.Turdiyeva tashabbusi bilan tashkil etilgan oʼziga xos tadbir barcha ishtirokchilarga ertalabdan xush kayfiyat ulashib, ijobiy hislar uygʼotdi. Universitet foyesida professor-oʼqituvchilar, xodimlar va talabalarni kutib olgan tashkilochilar ularga turli savollar bilan murojaat qilishdi. Ular ham berilgan savollarga o‘z fikrini bildirishdi.

Tadbir ishtirokchilarda yaxshi taassurot qoldirdi va pozitiv munosabat oʼrnatishga yordam berdi. Hamma oʼz ishi, yumushi bilan band boʼlgan bugungi tezkor va shiddatli zamonda birgina shirin soʼz, yaxshi muomala, tabassumga vaqtimizni, soʼzimizni qizgʼanamiz. Аgressiya va zoʼravonlik holatlari tez-tez takrorlanib turadigan bugungi kunda ezgu amallar, yaxshilik ayni muddao boʼlishi aniq.

O'qilgan 2765 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar