Dushanba, 29 Noyabr 2021 12:37

Universitet talabalari “Mondelux” mebel fabrikasiga tashrif buyurishdi

2021-yil 26-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros Xalqaro universiteti 3- va 4-kurs talabalari Samarqand viloyatidagi “Mondelyuks” mebel fabrikasiga tashrif buyurishdi.  Talabalar uchun ekskursiya universitetning “Marketing” kursi o‘qituvchisi Bekzodjon Oblaqulov tomonidan tashkil etildi.

Fabrika xodimlari talaba-yoshlarni mahsulot sotish jarayonining asosiy bosqichlari, ya’ni buyurtma qabul qilishdan tortib, bozorga tayyor mahsulotni sotishgacha bo‘lgan jarayonlar bilan tanishtirib o'tdi.

Ekskursiya savdo markazidan boshlanib, ishlab chiqarilgan mebellar hamda qo‘lda yasalgan mebellarni ko‘zdan kechirish bilan davom etdi.

“Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti ma’muriyati universitet talabalari uchun o‘quv ekskursiyasi tashkil etgan Zarshed Ubaydullaev – Savdo markazi bosh menejeri va “Mondelux” mebel fabrikasining boshqa xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildirishdi.

O'qilgan 3418 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar