Dushanba, 29 Noyabr 2021 12:32

“O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vaziri kubogi” Oliy o‘quv yurtlari talabalarini birlashtirdi

Joriy yilning 27 noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirishga qaratilgan “O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vaziri Kubogi”  uchun musobaqalar bo‘lib o‘tadi.

Mazkur sport musobaqasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng joriy etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6099-son Qarori, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 noyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzi va jismoniy faollikni oshirishni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 735-son Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, shuningdek, “O‘zbekiston yoshlari forumi-2021” oyligi eʼlon qilinganligi munosabati bilan tashkil etildi.

Qayd etish joizki, “O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vaziri Kubogi” uchun turnir quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:

- mini futbol;

- shaxmat;

- badminton;

- armrestling;

- kvest.

Tasdiqlangan jadvalga asosan, badminton musobaqalarida 18 nafar (10 nafar o‘g‘il va 8 nafar qiz), futbolda - 90, ​​shaxmatda - 20 (12 nafar o‘g‘il va 8 nafar qiz), armrestlingda - 25 (19 nafar o‘g‘il va 6 nafar qiz), kvestda - 21 (11 o‘g‘il va 10 qiz), jami 174 nafar talaba (shundan 32 nafari qizlar) jalb etildi.

Tanlovda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Urganch davlat universiteti, Farg‘ona davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, Qarshi davlat universiteti, shuningdek, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari ishtirok etishdi.

Jamoaviy sport va yengil atletika o‘yinlariga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi hududida (yopiq zalda) mini futbol bo‘yicha final bosqichi bo‘lib o‘tadi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti binosida esa badminton, shaxmat, armrestling bo‘yicha final o‘yinlari o‘tkaziladi.

Registon maydonida kvest bellashuvlari bo‘lib, unda universitet talabalari turli boshqotirma va mantiqiy topshiriqlar yechish uchun test sinovlaridan o‘tadi.

Sport musobaqalari yakunida “O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vaziri Kubogi” dasturining rasmiy qismini O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari, Turizm va sport vaziri, "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori Aziz Abduhakimovning   nutqi bilan taqdim etilgan barcha sport turlari bo‘yicha g‘oliblarni taqdirlash marosimi boshlanadi.

Taʼkidlash joizki, “O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vaziri Kubogi”ning final bosqichi O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, Samarqand viloyat hokimligi hamda Samarqand viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi tashabbusi bilan o‘tkazilmoqda.

O'qilgan 3455 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar