Chorshanba, 24 Noyabr 2021 16:18

Ukraina Taʼlim va ilm-fan vaziri “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti mehmoni

Joriy yilning 24 noyabr kuni Ukraina Taʼlim va ilm-fan vaziri professor S.Shkarlet boshchiligidagi delegatsiya “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi. Ukrainaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi N.Doroshenko, hamda mamlakatning yetakchi oliy taʼlim muassasalari rektorlari va mutaxassislari unga hamrohlik qilishdi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros Xalqaro Universiteti rektorining xaqlaro maslahatchisi A.Ospanova tomonidan mehmonlarga universitetning smart-kampusi bo‘ylab info-tur o‘tkazildi. 

      Shundan so‘ng professor S.Shkarlet universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun maʼruza o‘qib, Ukrainaning turistik salohiyati borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. "Yuqori maqsadlarni belgilang va harakatda to'xtamang".

Bundan tashqari, talabalar ta'lim jarayoni, universitetimiz va Ukrainaning yetakchi universitetlari o'rtasida tajriba almashish uchun yoshlar forumlarini tashkil etish va o'tkazish bo'yicha faol savollar berishdi. S.Shkarlet mustahkam ishchi aloqalarni qo'llab-quvvatlash, shuningdek, ikki mamlakat oliy o'quv yurtlari talabalari va o'qituvchilarining to'siqsiz harakatlanishi uchun akademik ko'prik o'rnatish zarurligini ta'kidladi.

Tashrif yakunida mehmonlarga esdalik sovg‘alari berildi.

     O‘z navbatida Ukraina delegatsiyasi vakillari ham mehmondo‘stlik va iliq kutib olganligi uchun universitet rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib, kelishilgan rejalarning tez orada amalga oshirilishiga ishonch bildirishdi. 

O'qilgan 3098 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar