Chorshanba, 17 Noyabr 2021 12:00

Universitetning birinchi prorektori kutubxonaga kitoblar to'plamini taqdim etdi

Bugun "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetining birinchi prorektori professor J.D.Eltazarov universitet kutubxonasiga noyob kitoblar to'plamini taqdim etdi. Taqdim etilgan kitoblar mehmondo’stlik, menejment, tarix va madaniyat sohasidagi so'nggi tadqiqotlarni o'z ichiga olgan noyob ilmiy manbalar hisoblanadi. Mazkur to'plam joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Turkiya Respublikasining Anqara shahrida bo'lib o'tgan "O'zbekistonning o’tmishi va buguni" simpoziumida ishtirok etish munosabati bilan qilingan tashrif jarayonida birinchi prorektor tomonidan olib kelingan. Turk madaniyati bo'yicha ko'plab kitoblar, shuningdek, adabiy asarlar tez orada o'z o'quvchisini topadi va kutubxona javonlaridan faxrli o'rin egallaydi.

Universitet ma'muriyati va kutubxona xodimlari "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros universitetining birinchi prorektori professor J.D.Eltazarovga kutubxona fondini to'ldirishga qo'shgan katta hissasi uchun samimiy minnatdorchilik bildiradilar.

O'qilgan 2454 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar