Chorshanba, 17 Noyabr 2021 11:11

Turkiyaning Anqara shahri Hoji Bayram Vali universiteti professori, doktor Ali Boran “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi

Ali Boran 1992-yilda to 2016-yilgacha Turkiyadagi Yuzinchi yil va Selchuk universitetlarida ilmiy tadqiqotchi, o‘qituvchi, dotsent yordamchisi, dotsent, professor, kafedra mudiri, bo‘lim boshlig‘i va dekan lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. 1997-yilda “Onado‘lidagi Ichanqal’a jome’ va masjidlari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

         Prof.A.Boran uzoq yillar talabalarga “O‘rta Osiyo-Onado‘li turk me’morchiligi ta’sirlashishi”, “Ilk islom me’morchiligida bezash san’ati”, “Dizayn tarixi”, “Qal’a me’morchiligining turk san’atidagi o‘rni”, “Mamluqli san’atining turk san’atidagi o‘rni”, “Dizaynda Boniy san’atkor munosabati”, “Islomdan avvalgi turk san’ati”, “Rasmchilik”, “Estetika”, “Tadqiqot loyihasi”, “Bitiruv ishi tadqiqoti” kabi fanlaridan dars bergan. A.Boran ilmiy rahbarligida 20 ga yaqin doktorlik dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilingan.

         Tashrif chog‘ida A.Boranga universitetning “Aqlli kampusi” bo‘ylab sayohat uyushtirildi. Turkiyalik professor universitet rektori maslahatchisi A.Ospanova, professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan uchrashib, universitetlar orasida madaniy meros, arxeologiya, restavratsiya sohasida yo‘lga qo‘yiladigan istiqbolli hamkorlik haqida suhbatlashdi. Suhbat yakunida professor universitet kutubxonasiga yangi chiqqan kitobini sovg‘a qildi va yaqin orada universitet kutubxonasining yangi kitoblar bilan boyitilishiga hissa qo‘shishini ta’kidladi.

O'qilgan 3806 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar