Juma, 12 Noyabr 2021 18:43

Universitet talabalari ijrosida “O'tgan kunlar” spektakli

Dunyoda bitta buyuk haqiqat bor: “Faqat orzu qilgan va uni amalga oshirishga intilgan inson baxtlidir”. (A. Qodiriy)

Joriy yilning 12-noyabr kuni "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida o'zbek tiliga Davlat maqomi berilganining 32 yilligi munosabati bilan A.Qodiriyning jahonga mashhur "O'tgan kunlar" romani spektakli bo'lib o'tdi. Tadbir mualliflik she'rlari hamda dutor sadosi ostida boshlandi. Talabalarning aktyorlik qobiliyatlari hamda dinamik sahna ko’rinishlari asosida tomoshabinlar Otabek va Kumushning sof va abadiy sevgisi tarannum etilgan uzoq tashvishli davrlarga yana bir bor sayr etishdi. Mazkur roman mavzusi o'tmishning qora kunlarini bayon etib, ushbu voqealar xalqimizning buguni va kelajagi uchun katta ahamiyatga egadir.

Tadbir so'ngida faol ishtirokchilarga faxriy yorliqlar topshirildi.

O'qilgan 4125 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar