Dushanba, 01 Noyabr 2021 15:15

“YANGI O‘ZBEKISTONNING ISTE’DODLI YOSHLARI” INSHOLAR TANLOVI

Hurmatli, talabalar, doktorantlar va yosh tadqiqotchi olimlar! 

Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-avgustdagi “Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4433-sonli qarorida belgilangan vazifalarga ko‘ra yoshlarni ilm-fan sohasiga keng jalb etish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularga ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” nomli insholar tanlovida ishtirok etishga taklif etamiz.

Tanlov ikki bosqichda amalga oshiriladi:

  • Tanlovning birinchi bosqichi “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida tuzilgan tanlov Ishchi guruhiga taqdim etilgan insholar saralab olinadi va ekspertizadan o‘tkaziladi.
  • Tanlovning ikkinchi bosqichida Ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqilgan va ikkinchi bosqichga tavsiya etilgan insholar O‘zbekiston Respublikasi iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasiga taqdim etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi tomonidan insholar ko‘rib chiqiladi va to‘plam shaklida nashr etiladi.

         Tanlovning respublika bosqichida eng yuqori ball to‘plagan uch nafar g‘oliblar quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti va diplom bilan taqdirlanadi:

         1-o‘rin: 4 000 000 so‘m. 

         2-o‘rin: 3 000 000 so‘m.

         3-o‘rin: 2 000 000 so‘m.

Tanlovda insholar quyidagi mezonlar asosida 100 ballik tizimda baholanadi:

  • Rasmiylashtirish talablariga mosligi (0-10 ball).
  • Mavzuning mazmunga mosligi (0-20 ball).
  • Mavzuning yoritilganlik darajasi (0-40 ball).
  • Xulosa (0-30 ball).

Tanlov ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun ma’lumotlaringizni (F.I.SH. va telefon raqamingiz) va tayyorlagan inshongizni 2021-yil 15-noyabrgacha quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin: +998902274726 (Telegram).

O'qilgan 3639 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar