Juma, 29 Oktyabr 2021 14:46

“Silk Road Samarkand”ning karyera kunlari

29-oktabr kuni Samarqand eshkak eshish kanali hududida joylashgan Markaziy Osiyodagi eng yirik sayyohlik loyihasi – “Silk Road Samarkand” majmuasiga ishga qabul qilish uchun “karyera kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universitetining katta anjumanlar zalida bo‘lib o‘tdi.
“Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasi ko‘lami va konsepsiyasi jihatidan noyob loyiha bo‘lib, dunyoda unga o‘xshash loyiha kam topiladi. Uning tarkibiga turli profildagi 8 ta mehmonxona, xalqaro kongress markazi, “Abadiy shahar” tarixiy-etnografik majmuasi, basseynlari boʻlgan akvazon, shuningdek, restoran va kafelar kiradi. Vazifalar ko‘lami va rang-barangligi tufayli majmua ish izlayotgan va oz‘ kelajagini turizm va mehmonxona biznesida ko‘rayotgan har bir kishi uchun katta imkoniyatlar ochadi.
Tadbir davomida Departament direktorlari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumot taqdim etdilar va majmuaning har bir obyektining maqsadi imkoniyatlari haqida batafsil tanishtirib o‘tdilar, qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar.

O'qilgan 5361 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar