Payshanba, 28 Oktyabr 2021 12:15

O‘sh Davlat universiteti Geografiya fanlari doktori Nizomiyev Abdurashid Gumarovich “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.

O‘sh davlat universiteti professori, geografiya fanlari doktori, Geografiya fakulteti dekani Nizomiyev Abdurashid Gumarovich ikki universitet o‘rtasida o‘zaro o‘quv, ilmiy va madaniy sohalarda hamkorlik qilish maqsadida “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.

Hurmatli mehmonlarni universitet birinchi prorektori Eltazarov Jo‘liboy Danaboyevich kutib oldilar.

Uchrashuv davomida Talabalar va professor-o‘qituvchilar yoz oylarida turizm obyektlarida amaliyot olib borishlari uchun  yordamlashish, O‘shdagi Sulaymon tog‘i, Bobur Mirzo masjidi, Aslonboy kabi tarixiy, madaniy va tabiiy ziyoratgohlarini Turk Dunyosi ziyorat turizmi marshrutlariga qo‘shish to‘g‘risida o‘zaro kelishib olindi.

O'qilgan 2870 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar