Payshanba, 07 Oktyabr 2021 19:36

"Ipak yo'li " xalqaro turizm universitetida "Orientation days" tadbiri o'z faoliyatini boshladi.

Joriy yilning 7-oktyabr kuni "Ipak yo'li" turizm xalqaro universiteti kampusida birinchi kurs talabalari uchun "Orientation days" ("talabalarga bag'ishlanish") tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbir doirasida "Ipak yo'li" universiteti xodimlari va o'qituvchilari, shuningdek, yuqori kurs talabalari yangi kelgan talabalarni kutib olishdi, universitet hayoti haqida batafsil ma'lumot berib, ko'plab savollarga faol javob berishdi.
Tantanali ochilish marosimi universitetning konferensiya zalida bo'lib o'tdi. Ochilish marosimida universitetning birinchi prorektori professor Eltazarov Juliboy Danaboevich nutqining avvalida, talabalarning kundalik kashfiyotlar vaqti, yangi bilim olish, kasb – hunarga ega bo'lish, hayotiy pozitsiyalarni mustahkamlash vaqti ekanini ta'kidladi. Shuningdek, rektor maslahatchisi Aliya Ospanova tabrik so'zi bilan ishtirok etdi.
Universitet kampusi bilan yaqindan tanishish uchun qiziqarli ekskursiyalar tashkil etildi. Tashkil etilgan tadbirga ko'ra, birinchi kurs talabalari maktab o'qituvchilari tomonidan faoliyatning turli jihatlari bilan tanishishga qaratilgan ko'rgazma ekspozitsiyalari namoyish etildi.

O'qilgan 3343 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar