Payshanba, 30 Sentyabr 2021 10:14

1 - oktabr – “O’qituvchilar va murabbiylar kuni”

Hurmatli “Ipak yo'li” turizm xalqaro universiteti professor-o'qituvchilari va murabbiylari, universitetimizning ma'muriyati sizlarni “O’qituvchilar va murabbiylar kuni” bayrami bilan muborakbod etadi.

“O'qituvchi va murabbiy kunida”  sizga yuqori professionallik, shuningdek, maqsadga erishish uchun cheksiz sabr-matonat, kuch-g’ayrat tilab, minnatdorchilik bildiramiz. Sizning mehnatingiz tahsinga sazovor, yutuqlaringizdan esa faxrlanamiz.

Aziz o'qituvchilar, dunyodagi jamiki eng go‘zal va tarovatli gullar poyingizga poyandoz bo‘lsin! Shodlik-hurramlik, quvonch-baxt doimiy hamrohingiz bo‘lsin! Mashaqqatli, ammo olijanob kasbingizda sizga, sog‘lik-salomatlik, kuch-quvvat tilab, eng ezgu tilaklarni bildiramiz.

Hurmat bilan, universitet ma'muriyati.

O'qilgan 5748 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar