Payshanba, 09 Sentyabr 2021 11:21

“Muzeyshunoslik” yoʻnalishiga kirish imtihoni sanasi o’zgardi

“Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti magistratura bosqichining “Muzeyshunoslik” yoʻnalishini tanlagan barcha talabgorlarga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan taqdim etilgan 10 ta grantga kirish imtihonining ilk bosqichi 2021- yil 13-sentabrda Examus proktoring tizimi orqali oʻtkaziladi.

Talabgor 50 ta savoldan iborat onlayn testni universitetda imtihon uchun ajratilgan xonada yoki o‘ziga qulay joyda (uyida, ishxonasida) zarur texnik talablarga javob beradigan internet va shaxsiy kompyuter mavjud bo‘lganda topshirishi mumkin.

Agar talabgor testni o‘ziga qulay joyda shaxsiy kompyuteri vositasida topshirsa, internetga barqaror ulanishini ta’minlash uning o‘z zimmasidagi majburiyat hisoblanadi.

Qoʻshimcha ma’lumotlar uchun universitet rasmiy sayti www.univ-silkroad.uz  yoki +998973978285 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

O'qilgan 3334 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar