Seshanba, 07 Sentyabr 2021 14:01

"Ipak yo'li" turizm xalqaro universitetida kirish imtihonlari o'tkazilmoqda

          Bugundan boshlab “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetida besh yildan ortiq vaqt mobaynida AQSh, Yevropa, Osiyo, Rossiya va Qozogʻistonning yetakchi universitetlari tomonidan qoʻllanilayotgan yetakchi “Examus” onlayn-proktoring tizimi yordamida kirish imtihonlari boshlandi.

           Ta'kidlash joizki, bakalavriat yo'nalishlari bo'yicha ilgari o'tkazilgan kirish imtihonlari natijalari "Examus"onlayn-proktoringi tizimi yordamida imtihonni o'tkazishning yuqori samaradorligi, tezligi, eng muhimi, butun jarayoni shaffofligini tasdiqladi.

           Shuni ham ta'kidlash joizki, kirish imtihonlarini topshirishning butun jarayoni Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlari, shuningdek, universitet imtihon komissiyasi boʻlimi xodimlari tomonidan qat'iy nazorat qilinmoqda.

O'qilgan 4712 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar