Payshanba, 12 Avgust 2021 17:44

“Ipak yo'li” turizm xalqaro universiteti Sirtqi (masofaviy) ta'lim yo'nalishlari bo'yicha hujjatlarni qabul qilish 20-avgustga qadar davom etadi

“Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti Sirtqi (masofaviy) ta'limning quyidagi mutaxassisliklari boʻyicha hujjatlarni qabul qilish muddati 2021- yil 20-avgustga qadar davom etishini ma’lum qiladi. Hujjatlar qabuli universitetning rasmiy sayti orqali amalga oshiriladi.

Masofaviy ta'lim yo'nalishlari (o'qitish tili – o'zbek-rus tili):

  • Turizmni boshqarish
  • Yo'nalishlar bo'yicha turizm

          Ikki diplomli dasturlar (Masofaviy ta'lim):

  • Raqamli tarkib yaratish (2+2) Don Texnika Universiteti (Rossiya)
  • Me’moriy merosni rekonstruksiya qilish va tiklash (2+2) Don Texnika Universiteti (Rossiya)

Hujjatlarni qabul qilish universitet rasmiy saytining https://admissions.univ-silkroad.uz/index.php havolasi orqali 2021- yil 20-avgustga qadar amalga oshiriladi.

Eslatma: Test sinovi sun’iy intellekt yordamida boshqariladigan “Examus” onlayn proktoring tizimi orqali amalga oshiriladi.

Talabgor onlayn testni universitetda imtihon uchun ajratilgan xonada yoki o‘ziga qulay joyda (uyida, ishxonasida) zarur texnik talablarga javob beradigan internet va shaxsiy kompyuter mavjud bo‘lganda topshirishi mumkin. Agar talabgor testni o‘ziga qulay joyda shaxsiy kompyuteri vositasida topshirsa, internetga barqaror ulanishini ta’minlash uning o‘z zimmasidagi majburiyat hisoblanadi.

Test sinovlari 2021-yil 5-10-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Qoʻshimcha ma’lumotlar uchun universitet rasmiy sayti yoki quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin:

+998662406770

+998662408616

+998662408606

+998662406786

O'qilgan 4959 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar