Juma, 23 Iyul 2021 05:01

"Ipak yoʻli" turizm xalqaro universiteti qabul jarayoni davom etayotganligini ma’lum qiladi

"Ipak yoʻli" turizm xalqaro universiteti bakalavriatning quyidagi yoʻnalishlari boʻyicha hujjatlarni qabul qilish 1-avgustga qadar davom etishini ma'lum qiladi, hujjatlar qabuli universitetning rasmiy sayti orqali amalga oshiriladi.

Bakalavriat (taʻlim tili - ingliz tili):

  • Turizmda logistika
  • Smart turizm
  • Turizm menejmenti
  • Amaliy tillar
  • Gid – tarjimon
  • Turizm faoliyati yoʻnalishlari

  Hujjatlarni qabul qilish universitetning rasmiy sayti,  https://admissions.univ-silkroad.uz/index.php havolasi orqali, bakalavriat yoʻnalishi uchun 2021 yil 1-avgustga qadar amalga oshiriladi.

  Eslatib oʻtamiz, "Ipak yoʻli" turizm xalqaro universitetida ta’lim ingliz tilida olib boriladi, shu sababli  IELTS/TOEFL/CEFR sertifikati talab qilinadi. Talabalar safiga qabul qilinish uchun sertifikatni 10-sentyabrgacha taqdim etilish soʻraladi.

  Agar abituriyent IELTS (6.0 dan yuqori), TOEFL (72 balldan yuqori), CEFR (B2 darajasidan yuqori) ball toʻplagan boʻlsa universitet tomonidan kirish paytidagi imtihon topshirish xarajatlari qoplab beriladi.

Qoʻshimcha ma'lumotlar uchun universitet rasmiy sayti yoki quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:

+998979110121 (Telegram, WhatsApp)

+998662406770

+998662408616

+998662408606

+998662406786

O'qilgan 1050 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar