Seshanba, 29 Iyun 2021 17:00

Turkiya vitse-prezidentining “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga rasmiy tashrifi

Joriy yilning 29-iyun kuni Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Fuat Oktayning “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tdi.
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad, nafaqat ta’lim sohasida, balki turizm sohasida ham O‘zbekiston-Turkiya munosabatlarini rivojlantirish uchun “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti faoliyati bilan tanishishdan iborat.
Turkiya va O‘zbekiston xalqlarining ikki mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash, buning uchun ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan o‘zaro intilishlarga asosan, turizm va ilmiy tadqiqotlar sohasida umumiy ustuvor yo‘nalishlarga ega bo‘lgan “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti 2018-yildan buyon Turkiya Respublikasining oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.
Turkiya delegatsiyasi vitse-prezidenti Fuat Oktay boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, turizm va sport vaziri, “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti rektori Abduhakimov A. A. bilan uchrashdi. Tadbir ishtirokchilari Turkiyaning turizmni rivojlantirishda katta ijobiy tajribasi O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini ro‘yobga chiqarishda ijobiy rol o‘ynashini ta’kidladilar. Shuningdek, madaniyat, ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport sohalarida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma tadbirlar o‘tkazish muhimligi qayd etildi.

Uchrashuvda quyidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi:

1. “Ipak yo‘li” universiteti qoshidagi “Turk mamlakatlari madaniyati va merosi maktabi” va “Tarixiy merosni qayta tiklash maktabi” ixtisoslashtirilgan maktablarni tashkil etish;

2. Turk tadqiqotlariga alohida urg‘u berildi: turkiy tilshunoslik, san’at, etno-madaniy tadbirlar, nomoddiy madaniy merosni qayta tiklash;

3. Talabalar va o‘qituvchilarning akademik almashinuvi;

5. “Madaniyat”, “Din”, “Turizm” yo‘nalishlari bo‘yicha ikki tomonlama diplom dasturlari.

Ta’kidlash joizki, Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktayning O‘zbekistonga tashrifi doirasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha hukumatlararo komissiyaning 6-yig‘ilishi hamda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rag‘batlantirish va sanoat kooperatsiyasining yangi loyihalarini shakllantirishga qaratilgan biznes-forum bo‘lib o‘tadi.

O'qilgan 3769 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar