Dushanba, 28 Iyun 2021 15:12

Universitet tashkil etilgan kun bilan!

Hurmatli hamkasblar va talabalar!

"Ipak yo'li" turizm xalqaro universiteti ma'muriyati nomidan sizni universitet tashkil etilgan kun bilan tabriklaymiz. Nisbatan qisqa vaqt ichida universitet turizm sohasida kadrlar tayyorlashda salmoqli yutuqlarga erishdi. Bugungi kunda "Ipak yo'li" turizm universiteti o'ziga xos barcha xususiyatlarga ega bo'lgan zamonaviy ta'lim muassasasi hisoblanadi: turizm sohasida keng ko'lamli mutaxassisliklar, yuqori malakali professor-o'qituvchilar, zamonaviy ta'lim texnologiyalari, eng yangi laboratoriyalar mavjudligi, innovatsion ta'lim dasturlarini joriy etish, jumladan, yetakchi xorijiy universitetlar bilan ikki tomonlama diplom dasturlari, xalqaro, ta'limiy va ilmiy hamjamiyat bilan integratsiya. Ushbu natijalar, so'zsiz, professor-o'qituvchilar jamoasi — o'z ishiga chin dildan sodiq bo'lgan insonlar, shuningdek, universitet ma'muriyatining  xizmatidir.

"Ipak yo'li" universitetida jahon tajribasini hisobga olgan holda, zamonaviy bozor xo'jaligining turizm sohasidagi amaliy ehtiyojlariga e'tibor qaratgan holda ta'limiy, ilmiy-tadqiqot ishlarining olib borilishi juda muhimdir. Bu yerda talabalar chuqur nazariy bilim, yaxshi kasbiy tayyorgarlik, ko'p qirrali amaliy ko'nikma va malakaga ega bo'lib, nafaqat maktab, kollej va litsey bitiruvchilari, balki o'z malakasini oshirishni istagan tajribali mutaxassislar ham o'rganishga, rivojlanishga intilmoqda.

Aziz do'stlar, sizlarga muvaffaqiyatlar, ulkan ijodiy yutuqlar, istiqbolli loyihalar va yangi kashfiyotlar tilab qolamiz!

Hurmat bilan, universitet ma'muriyati.

O'qilgan 3620 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar