Juma, 25 Iyun 2021 10:48

“Ipak yo'li” turizm xalqaro universiteti Yaponiyaning JICA tashkiloti bilan turizmni rivojlantirishda hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda

Samarqanddagi “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi hamda universitet rahbariyati bilan Yaponiyaynig JICA, UNICO International, IDCJ tashkilotalari mutaxasssislari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Turizm sohasida kadrlar tayyorlash masalasida Yaponiya universitetlari bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etish, yapon professor-o‘qituvchilarini ta’lim jarayonlariga jalb etish kabi masalalar muhokama etildi.

Uchrashuv davomida Bosh boshqarma mas’ullari tomonidan Samarqandning turizm salohiyati, sohani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar va istiqboldagi rejalar to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etildi. Xorijiy ekspertlar kelgisuda Samarqand bilan turizm sohasida yaqindan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

O'qilgan 3149 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar