Версия для печати
Dushanba, 31 May 2021 09:22

“Silk Road Admission Fest” tadbirlariga start berildi

“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga xorijiy tillarni biladigan, zamonaviy va xalqaro standartlarga mos “aqlli kampus”da ta’lim olishni istagan har tomonlama iqtidorli abituriyentlarni jalb qilish dasturi doirasida, shuningdek, noyob o‘quv jarayonini ommaviy targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekistonning turli hududlarda bir qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligining 2021-yil 19-maydagi 03-16/1456-sonli rasmiy xatiga ko‘ra, 24-maydan 24-iyun qadar “Ipak yo‘li” universiteti delegatsiyasi respublika hududlarida tashriflar jadvalini tayyorladi.

Tadbirlar Nukus shahridan boshlandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi turizm va sport bosh boshqarmasi tomonidan ushbu tadbirni amalga oshirishda amaliy yordam ko‘rsatildi. Festivalning o‘tkazilishi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” maktab bayramlarini nishonlash bilan bir vaqtda o‘tkazilganligi, “Silk Road Admission Fest” tadbiri Nukus shahridagi ko‘plab maktab bitiruvchilarining e’tiborini tortdi. Tadbir doirasida turli tanlovlar o‘tkazildi, faol ishtirokchilarga universitet brendi ostidagi esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbirlar dasturi Xiva shahridagi Ichan Qal’ada ham bo‘lib o‘tdi.

Jadvalga ko‘ra, keyingi tadbirlar Navoiy shahrida o‘tkazilishi rejaralashtirilgan.

O'qilgan 3411 marta
Kategoriya Yangiliklar

Barcha yangiliklar