Payshanba, 27 May 2021 05:41

Pokiston elchisi “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida sayyor ma’ruzasi bilan ishtirok etdi

Joriy yilning 26-may kuni Pokistonning O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Sayid Ali Asad Gilani “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga rasmiy tashrif buyurdi.

Tomonlar turizm sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha bir qator masalalarni muhokama qilishdi. Pokiston elchixonasi “Ipak yo‘li” universiteti va Pokistonning turli universitetlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, jahon darajasidagi yirik sayyohlik kompaniyalari bilan hamkorlik qilish uchun sharoit yaratishga tayyorligini bildirdi. Uchrashuv davomida Janob Sayid Ali Asad Gilani universitetning noyob aqlli kampusi va innovatsion kutubxonasi bilan tanishtirildi.

O‘z ish jadvalining zichligiga qaramay, Janob Sayid Gilani Pokiston Islom Respublikasining sayyohlik salohiyati bilan “Ipak yo‘li” universiteti xodimlari va talabalarni tanishtirish maqsadida ma’ruza o‘tkazishga vaqt ajratdi.

Muzokaralar yakunida “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti ma’muriyati va Pokiston Islom Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi turizm va ta’lim sohasidagi qo‘shma faoliyatni faollashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

O'qilgan 591 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar