Juma, 26 Mart 2021 14:39

“O‘zbekistonda maxsus Nish (Niche) turizmini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida onlayn xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

Jahon sayyohlik bozorining o‘sib borishi bilan so‘nggi yillarda ommaviy turizm (yoki “overturizm”) dan voz kechish tendensiya paydo bo‘ldi. “Alohida qiziqish” yoki “Nish (niche) tourism” deb atalgan bu tendensiya sayohatchilarning (ko‘pincha yuqori darajali va tajribali sayohatchilar) yangi va ekzotik turistik zonalarni izlashga qiziqishi bilan tavsiflanadi.
Shu munosabat bilan joriy yilning 25-26-mart kunlari “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida “O‘zbekistonda maxsus Nish turizmini rivojlantirish istiqbollari” mavzuida onlayn xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya “Research Support Center” tadqiqot markazi, O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamkorligida tashkillashtirildi.

Mazkur sho‘balar doirasida quyidagi masalalar muhokama qilinadi:
- Nish (Niche) turizmi yuzasidan xalqaro tajribalar;
- O‘zbekistonda Nish (Niche) turizmini rivojlantirish omillari va yo‘nalishlari;
- Nish (Niche) turizmi bilan parallel ravishda rivojlantirilishi zarur bo‘lgan turizmning boshqa yo‘nalishlari;
- Nish (Niche) turizmi paketini yaratish va turistik mahsulotlarini sotish;
- Nish (Niche) turizmi bo‘yicha marketing tadqiqotlarini olib borish, SWOT-tahlili;
- O‘zbekistonda Nish (Niche) turizmini rivojlantirishda mintaqaviy xususiyatlar;
- Sport turizmi.

Nish (Niche) turizmi COVID-19 pandemiyasi ta’siridan keyin xorijiy sayyohlarni jalb qilishning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, tadqiqotchilar fikricha O‘zbekistondagi Nish (Niche) turizmi uchun foydalanilmagan imkoniyatlar to‘g‘risida ko‘proq ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish zarur. Bu konferensiya shu yo‘ldagi harakatlardan biridir.

O'qilgan 3419 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar