Seshanba, 23 Mart 2021 19:40

“Rektor kubogi” arafasida shaxmat bo‘yicha professional trening o‘tkazildi

Bu yil “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida ilk marotaba “Rektor Kubogi” sport musobaqalar tashkil etiladi, unda talabalar turli sport turlari bo‘yicha o‘z kuchlarini sinab ko‘rishlari mumkin.

Musobaqalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan sport, ta’lim, madaniyat va tarbiya hamda yoshlar bo‘sh vaqtini o‘tkazishni tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratish borasida ilgari surilgan beshta tashabbusning amaliy ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning 23-mart kuni “Rektor Kubogi” musobaqalari doirasida Samarqand shahar shaxmat Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi ko‘magida “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti talabalari uchun shaxmat bo‘yicha professional trening o‘tkazildi.

Trening davomida ishtirokchilarni ro‘yxatga olish va qur’a tashlash, musobaqani tantanali ochish tartibi, shaxmat o‘yin qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish bo‘yicha hakamlarning majburiyatlari, musobaqa natijalarini sarhisob qilish tartibi kabi masalalar ko‘rib chiqildi hamda qatnashchilarga tegishli tushuncha va ko‘rsatmalar berildi.

O'qilgan 3422 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar