Juma, 05 Mart 2021 18:01

Universitetda 8 mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan bayramona tadbir bo‘lib o‘tdi

5-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti faollar zalida yaqinlashib kelayotgan bayram munosabati bilan edvayzerlar va talabalar parlamentining birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan tashkil etilgan bayramona tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir universitet rektori – A.Abduhakimovning:

“Sizlarni kirib kelayotgan 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bilan chin yurakdan muborakbod etamiz. Sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik, baxt va omad tilaymiz. Oilangizga tinchlik va xotirjamlik, ishlaringizda eng katta yutuqlarga erishishingizda tilakdoshmiz!” – kabi samimiy tilaklari bilan boshlandi.

Tadbir dasturi talabalar hamda erkak-xodimlar tomonidan namoyish etilgan turli xil chiqishlarga boy bo‘ldi. Universitet talabalar tomonidan muqaddas ayollarga, nafosatli qizlarga va albatta, mehribon onalarga bag‘ishlangan eng yaxshi sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar, milliy va zamonaviy ruhdagi raqslar va rang-barang liboslar ko‘rgazmasi bilan hayratlanarli daqiqalar va ko‘ngil torlarini hayajonga keltiradigan muhit orqali tamoshabin ko‘ngillariga yo‘l topishdi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan hayotimizni iliqlik, go‘zallik va g‘amxo‘rlik bilan to‘ldiradigan xotin-qizlarimizga qaratilgan minnatdorchilik, tabriklar va tilaklar bir necha bor yangradi. Bugungi tadbirga tashrif buyurgan barcha kishiga quvonch, muhabbat va bahor kayfiyati yor bo‘ldi.

Tadbirda yangragan barcha istaklar har bir xotin-qizlarimizning yuzlarida quvonch, tabassum va minnatdorchilik tuyg‘ularini uyg‘otishga xizmat qildi.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz va muqaddas ayollar!

O'qilgan 4532 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar