Payshanba, 04 Mart 2021 18:32

Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillarining universitetga rasmiy tashrifi

Joriy yilning 4-mart kuni Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari, elchixonaning muvaqqat ishlar vakili Bris Rokfey boshchiligida “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universitetiga amaliy tashrif buyurdi.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar “Ipak yo‘li” universiteti va Fransiya universitetlari o‘rtasidagi hamkorlik hamda turizm va ta’lim sohasidagi fransuz-o‘zbek aloqalarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, Parij Akademiyasi bilan hamkorlikni davom ettirish mavzusiga alohida to‘xtalib o‘tildi. Avvalroq, 2019-yil 16-iyul kuni “Ipak yo‘li” universiteti va Parij Akademiyasi o‘rtasida ta’lim jarayonini takomillashtirish, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalarining almashinuvini ta’minlash, o‘qituvchilar malakasini oshirish, “Ipak yo‘li” universiteti Axborot-resurs markazining zamonaviy o‘quv qo‘llanmalari va elektron kitoblari bilan kitob fondini boyitish to‘g‘risida konventsiya imzonlangan edi.

Shuningdek, Birinchi prorektor Eltazarov J.D. pandemiya paytida, shu jumladan chet ellik talabalar uchun universitetda malaka oshirishni tashkil etish haqidagi ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi. Koronavirus pandemiyasi barcha mamlakatlarda xalqaro hamkorlik bilan bog‘liq ko‘plab rejalar va loyihalarga tuzatishlar kiritdi va akademik harakatchanlikka ta’sir ko'rsatdi.

O'z navbatida janob Bris Rokfey pandemiya tugagandan so‘ng, barcha loyihalar to‘liq tiklanib, rivojlanishning yangi bosqichiga qadam qo‘yishiga ishonch bildirdi. Shuningdek, u “Ipak yo‘li” universiteti nafaqat O‘zbekistonda, balki Evropada ham turizm sohasidagi ta’lim, ilmiy va madaniy makonning muhim qismi ekanligini ta’kidladi va universitetlar, xususan, Parij akademiyasi bilan hamkorlik tizimini kengaytirishga hissa qo‘shishga tayyorligini bildirdi.

O'qilgan 3786 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar