Juma, 29 Yanvar 2021 14:38

Bo‘lajak gidlar uchun amaliy mashg‘ulot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-iyundagi PQ-3815-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida universitet talabalarining Samarqand shahridagi tarixiy joylarga amaliyot o‘tashlarini tashkil qilish maqsadida joriy yilning 29-yanvar kuni edvayzer U.Tuygunov tashabbusi bilan “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetining Guid-219 guruhi talabalari uchun Samarqand shahrida joylashgan Go‘ri Amir maqbarasida gid-hamrohlik kasbini o‘zlashtirish va mukammalashtirish uchun amaliyot darsi tashkil etildi.

Amaliyot mashg‘uloti davomida O‘zbekistonda Italiyalik sayyohlar uchun ko‘p yillardan beri gid-tarjimon sifatida faoliyatini olib borgan va tajribaga ega bo‘lgan U.Tuygunov tarixiy obidaning tarixi hamda arxitekturasi haqida to‘liq ma’lumot berib o‘tdi. Bundan tashqari gidlarning zamon talabiga javob berishi uchun ish jarayonini olib borish bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar berildi.

U. Tuygunovning taklifiga binoan, gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati sohasida tahsil olayotgan bo‘lajak mutaxassislar uchun ushbu turdagi amaliy mashg‘ulotlarni har hafta o‘tkazish muhimdir.

O'qilgan 3596 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar