Payshanba, 28 Yanvar 2021 12:30

“Samarqand shahrida qattiq maishiy chiqindilarni boshqarishni modernizatsiya qilish” loyihasi bo‘yicha seminar o‘tkazildi

2021-yil 28-yanvar kuni “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetining majlislar zalida maishiy chiqindilar va atrof-muhitni muhofaza qilish madaniyatini shakllantirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Samarqandda shahar infratuzilmasi va xizmatlarini yaxshilashga, chiqindilarni kompleks boshqarishga qaratilgan loyihasi amalga oshirilayotgani haqida aytib o‘tildi. Xususan, ushbu tadbir texnik maishiy chiqindilarni yig‘ish, olib chiqish va joylashtirish tizimini takomillashtirish, shaharning sanitariya va ekologik holatini yaxshilash, atmosferaga zararli moddalar emissiyasini kamaytirish, chiqindilarni boshqarish masalalariga jamoatchilikni jalb etishga qaratilgan.

“Maroqand Obod” davlat unitar korxonasi direktori Nasimov Sherxon universitet talabalariga so‘nggi yillarda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, korxona sifatini oshirish bo‘yicha qanday ishlar olib borilayotganligi to‘g‘risida gapirib berdi, yoshlarni atrof-muhitni muhofaza qilishda faol ishtirok etishga chaqirdi.

Bunday tadbirlarni nafaqat universitetlarda, balki bolalar bog‘chalarida, maktablarda, mahallalarda ham o‘tkazish rejalashtirilgan.

O'qilgan 838 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar