Juma, 25 Dekabr 2020 11:15

“Xotiradan maksimal foydalanish” omadga erishishda yordam beradi

“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida 2020-yil 22-dekabrdan 24-dekabrga qadar “Xotiradan maksimal foydalanish” mavzusida 3 kunlik bepul treningi bo‘lib o‘tdi. Ushbu treningning maqsadi – talabalarning xotirasini rivojlantirish orqali, katta hajmdagi ma’lumotlarni oson eslab qolishga o‘rgatish. Bunda ishtirokchilar eslab qolishning asosiy uslublari, diqqat-e’tiborni jamlash, vaqtni boshqarish va notiqlik sirlari bilan tanishib, bu borada malaka va tajribaga ega bo‘lishdi.

Quvonarlisi shunda-ki, treningda universitetimiz talabalaridan tashqari Samarqand shahridagi boshqa OTM talabalari ham ishtirok etishdi.

Trening yakunida ishtirokchilarga “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti va “Javohir Abdufattoxov Trainings” jamoasi tomonidan sertifikatlar topshirildi.

O'qilgan 1321 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar