Dushanba, 07 Dekabr 2020 11:35

Universitetda Konstitutsiyaning 28 yilligi nishonlandi

7-dekabr kuni, umumxalq bayrami arafasida, “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetida Oʻzbekiston Respublikasining asosiy Qonuni – Konstitutsiya qabul qilinganligining 28 yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbir dasturi Davlat madhiyasi ijro etish, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi – M.Abbasova va “Turizm menejmenti” fakulteti dekanining yoshlar bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosari – S.Haydarovlarning tabrik soʻzlari, shuningdek, talabalarning chiqishlaridan iborat boʻldi. Tadbirda faol talabalar Konstitutsiya kuniga bagʻishlangan she’rlarni oʻqidilar, jonli ijroda qoʻshiqlar kuyladilar, musiqa asboblarida chaldilar, shuningdek, milliy raqslarni ijro etdilar.

Tantanali tadbir “Konstitutsiya – bizning kafilimiz!” deb nomlangan fleshmobi bilan yakunlandi.

O'qilgan 3863 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar