Juma, 04 Dekabr 2020 16:25

Oliy ta’lim – korrupsiyasiz soha

Joriy yilning 4-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining katta majlislar zalida “Oliy taʼlim - korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirishga qaratilgan video-selektor shaklidagi seminar tashkil etildi.

Mazkur seminar 9-dekabr – “Korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro kuni” munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan hamkorlikda oʻtkazildi.

Seminarni oʻtkazishdan asosiy maqsad – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5729-son Farmoni hamda oliy taʼlim tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning ijrosiga bagʻishlanadi.

Darhaqiqat, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5729-son Farmoni asosida, ta’lim sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlar mutlaqo yangi bosqichga koʻtarildi.

Seminarda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi rahbar xodimlari, boshqarma va boʻlimlar boshliqlari, respublikadagi barcha oliy taʼlim muassasalari rektorlari va prorektorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda uning Akademiyasi xodimlari ishtirok etdi. “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetidan – birinchi prorektor J.Eltazarov, boʻlim boshliqlari, bosh yuriskonsult, matbuot kotibi mazkur video-seminarda ishtirok etishdi.

Seminar yakunida belgilangan vazifalarni barcha masʼul va manfaatdor tomonlar, ishchi guruh aʼzolari bilan birgalikda sidqidildan bajarishga va qoʻyilgan maqsadga erishish uchun tizimning barcha salohiyatini safarbar etishga kelishib olindi.

O'qilgan 4321 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar